LOYIHANING MAZMUNI VA TANLAB OLINGAN ISHLAB
CHIQARISH XUDUDINI TANLASH VA ASOSLASH
Barchamizga ma‘lumki hozirgi davrga kelib yurtimizda bo‘layotgan ulkan
o‘zgarishlar va rivojlanishlar ko‘zga tashlanmoqda. Yangidan yangi korhona
vazavodlar qad ko‘tarmoqda, ishlab choqarish inshoatlari bunyod etilmoqda. Bular
bejizga emas albatda. Chunki yurtimiz tabiiy boyliklar va menerallarga juda boy
hisoblanadi. Qashqadaryo, Surxandaryo, Navoiy va Qoraqalpog‘iston viloyatlari
yurtimizning sanoati eng rivojlangan xududlari hisoblanadi. Bu viloyatlarda juda
ko‘plab tabiiy boyliklar, konlar mavjud. Shu sababli bu yerda katta-katta ishlab
chiqarish korxonalari, jumladan, Dexqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Navoiy tog‘
kon metallurgiya kombenati, Qung‘irot soda zavodi va boshqajuda ko‘plab
zavodva fabrikalar faoliyat yuritmoqda. Undan tashqari juda ko‘plab yangi
loyihalar rejalashtirilmoqda.
Tabiiyke bunday zavod va korxonalarda transportyor lentalarga bo‘lgan talab
juda yuqori. Transportyor lentalar keng ko‘lamda qo‘llanilada. Formalangansiz
mukammal va turg‘un barqaror yuktashib berish imkoniyatiga ega. Formalangansiz
buyumlarni avtomatik ravishda turli xil sharoitlarda qo‘llash mumkin.
Transportyor lentalarning asosiy istemolchilari shaxtalar, konlar, kar‘erlar,
fabrikalar va turli xil konvierlarga ega bo‘lgan zavodlar hisoblanadi.
Shularni hisobga olgan holda formalangansiz ya‘ni, transportyor lenta
ishlab chiqarish sehining loyihasini Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi
Sho‘tan gaz kimyo majmuasi xududida qurishni rejalashtiryapman. Chunke bu
yerda ushbu sexni qurish va ishga tushirish uchun qulay joy va hamma sharoitlar
mavjud. Bizga ma‘lumke har bir zavod va korxonalar uchun birinchi navbatta yo‘l,
temir yo‘l va boshqa komunikatsiyalar bilan ta‘minlangan bo‘lishi zarur. Aynan
ushbu xudud ana shunday sharoitlar bilan yaxshi ta‘minlangan.Undan tashqari
kimyoviy korxonalar faoliyatida suv juda muhim ahamiyatga ega. Men
loyihalashtirayotgan korxonani ushbu xududda qurishni rejalashtirishimning yana
muhim sabablaridan biri bu yerda katta maydonda katta sig‘imli sun‘iy ko‘l barpo
etilgan. Ushbu ko‘l Talimarjon suv ombori orqali to‘yintirib turiladi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |