O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
qoliplanmaygan rezinatexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 tonna
35
Portlashdan himoyalangan elektr isitgichli qurilma germetik apparatlar, payvandlangan idishdan iborat bo‗lib, uning bo‗g‗ziga ekranlashtirilgan elektr yuritgichi joylashtirilgan. Tashqi tomondan idish elektr pechi yordamida qizdiriladi. Isituvchi element sifatida elektr isitgich qo‗llaniladi. Apparatida ishchi muhitning aralashtirilishi vintli aralashtirgich yordamida amalga oshirilib, u elektr yuritgich rotori valining ichki uchlarida o‗rnatilgandir. Vintli aralashtirgich, idish korpusi devorlari va apparatning serkulyatsion trubasi devorlarida hosil bo‗lgan yopiq kontur bo‗ylab muhitning xarakatlanishini ta‘minlaydi. Apparat korpusi elektr yuritgich bilan bo‗g‗iz orqali biriktirilgan. Apparat bo‗g‗izi separatsion kameraga ega bo‗lib, u apparatning ishchi hajmidan va elektr yuritgichning podshipnikli qismlaridan elektr yuritgich bo‗g‗ziga singigan podshipnik moylarini, reaksion suyuqlikni va kondensatni yig‗ish va so‗ngra chiqarib olish uchun mo‗ljallangan.
Apparat korpusi quyidagilar bilan jixozlangan; - boshlang‗ich moddalarni uzatish va tayyor mahsulotni chiqarib olish uchun aniq nazorat qiladigan Du= 6mm li ventellar; - krestovini shtutserlaridan birida o‗rnatilgan muxofazalagich qurilma- uzuvchi membrana; - apparatga issiqlikni izolyatsion o‗rnatish uchun g‗ilof; Ishchi muhitlar temperaturalarini nazorat qilish uchun RG-0.0016-10-06 va RG-0.01-10-0.6 apparatlari, TXK-0083 termoparasi bilan jixozlangan, RG-0,0004- 10-0.6 apparati esa, termopara yoki qarshilik termometri uchun cho‗ntakka ega. RG-0,0016-10-0,6 va RG-0,0004-10-0,6 turdagi apparatlarida idish tubiga ishlangan issiqlik almashinish kameralari mavjud. RG-0,01-10-0.6 turidagi apparati trubadan yasalgan zmeevik ko‗rinishida ishlangan issiqlik almashinish jixoziga ega. Bu issiqlik almashinish qurilmalariga zarurat bo‗lib qolgan vaqtlarda issiqlik-sovuqlik tashuvchi beriladi.
36
Ekranlashtirilgan PGV-0,25-10 elektr yuritgichi quyidagi asosiy qismlardan iborat: -elektr yuritgich korpusi; -yig‗ilgan holdagi bo‗g‗iz; -chulg‗amlangan stator; -yig‗ilgan holdagi rotor; Assinxron elektr yuritgichning statori va rotori bir-biridan nomagnit po‗latdan yasalgan ekranlashtiruvchi gilza yordamida ajratilgan. Buning hisobiga aralashtiruvchi qurilmaning istalgan tezlikda aylanishi vaqtida va apparatda yuqori bosim bo‗lgan vaqtida apparatning germetikligi ta‘minlanadi. Chulg‗amlangan stator quruq transformator moyiga cho‗ktirilgan. Elektr yuritgichni sovitilishi elektr yuritgich korpusi g‗ilofiga uzatiladigan vodoprovod suvi orqali amalga oshiriladi. Elektr yuritgich rotorining temir paketi ishchi muhitning zaxarli bug‗lari ta‘siridan magnit korroziyaga chidamli po‗latdan yasalgan g‗ilof yordamida himoyalanadi. Radial va o‗q bo‗ylab kuchlanishni qabul qiluvchi chayqalish podshipniklari rotor valining tayanchi bo‗lib xizmat qiladi. Pastki podshipnikli qism, unga ishchi muhit tushib qolishidan muxofazalash maqsadida, rezinali manjetni ishchi muhit temperaturasi 100 0 C dan oshmagan vaqtlarda qo‗llaniladi. Yedirilishga chidamlilikni va antifriksion xususiyatlarni oshirish maqsadida chayqalish podshipniklariga ―esilam‖ turidagi sirt-faol modda bilan ishlov berilgan. Podshipniklarni tomchilatib moylash, 12 markali urchuq moyida, muvofiq uchlikning yuqorigi shtutserida o‗rnatilgan moydon orqali amalga oshiriladi. Apparatning mustahkam ishlashi uchun, uning elektr yuritgichi rotori bo‗shlig‗iga reaksion muhit tushib qolishi ehtimolini oldini olish zarur. Shu maqsadda rotor bo‗shlig‗idagi gaz bosimini apparatning reaksion muhiti bosimidan ortiq ushlanadi. Bosimlar o‗zgartirilishi apparatning elektr yuritgichida o‗rnatilgan gaz berilishini ko‗rsatib turadigan asbob orqali amalga oshiriladi. Uzatiladigan
37
inert gaz sarfi Du=6mm bo‗lgan ventil yordamida rostlanadi va ko‗rish oynasi orqali, bo‗yicha T markali vazelin bilan to‗ldirilgan, ichki bo‗shliqda gaz pufakchalarining o‗tishiga ko‗ra nazorat qilinadi. Gazni berilishini ko‗rsatib turadigan asbob teskari klapanga ega bo‗lib, u apparatdagi suyuqlik sathining ehtimoliy chayqalishlari vaqtida chayqalish podshipniklarining kesonli himoyasini ta‘minlaydi. Yig‗ilgan bo‗g‗iz, issiqlik to‗sig‗i vazifasini bajaruvchi g‗ilof bilan jihozlangan bo‗lib, g‗ilofga sovituvchi suv beriladi. Issiqlik to‗sig‗i stator g‗ilofi bilan ketma-ket ulangan bo‗lishi mumkin. Apparatning elektr isitgich qurilmasi, issiq izolyatsiya- perlitli qum bilan to‗ldirilgan, portlashdan muxofazalovchi g‗ilofga joylashtirilgan. Elektr energiyasining berilishi, portlashdan muxofazalangan klemmali quti orqali amalga oshiriladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling