O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti


TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/38
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#250183
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
qoliplanmaygan rezinatexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 tonna

TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH 

Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik 

vositalarni  joriy  etish  demakdir.  Avtomatlashtirish  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  odam 

ishtirok  etmagan  sanoatning  yangi  bosqichi  bо‗lib,  bunda  texnologik  va  ishlab  chiqarish 

jarayonlarini  boshqarish  funksiyasini  avtomatik  qurilmalar  bajaradi.  Avtomatlashtirishni 

joriy  etish  ishlab  chiqarishning  asosiy  texnik  –  iqtisodiy  kо‗rsatkichlarining 

yaxshilanishiga,  ya‘ni  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  miqdori  va  sifatining  oshishi 

hamda tannarxining kamayishiga olib keladi. 

 

Avtomatlashtirishning  maqsadi 



–  mehnat  unumdorligi  va  ishlab 

chiqarishning  sifatini  oshirish  rejalarini  avtomatlashtirish,  optimallashtirish  va 

boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir. 

Texnik  jarayonlarda  odamning  ishtirok  etishiga  kо‗ra  avtomatlashtirishni 

quyidagilarga  ajratish  mumkin:  avtomatik  nazorat,  avtomatik  rostlash  va  avtomatik 

boshqarish. 

Avtomatik  nazorat  –  texnologik  jarayonlarda  tezkor  ma‘lumotlarni  avtomatik 

ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bо‗lgan sharoitlarni ta‘minlaydi. 

Avtomatik  rostlash  –  texnologik  jarayonlarning  tegishli  parametrlarini  avtomatik 

rostlovchi  asboblar  yordamida  talab  qilingan  sathda  saqlanishini  nazarda  tutadi.  Bu 

holda  odam  faqat  avtomatik  rostlash  sistemaining  (ART)  tо‗g‗ri  ishlashini  nazorat 

qiladi.  

Avtomatik  boshqarish  –  texnologik  operatsiyalarni  belgilangan  ketma-ketlikda 

avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bо‗ladigan ta‘sirlarning 

muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlarining  avtomatlashtirilishi    asosan  uch  bosqichdan  iborat 

bо‗ladi: 



47 

 

Birinchi  bosqich-  bunda  asboblarni  mashina  va  apparatlar  yaqiniga 



joylashtirish  deyarli  qiyinchiliklar  tug‗dirgan.  Avtomatlashtirishning  bu  davrida 

shkalasi  yaxshi  kо‗rinadigan  yirik  о‗lchamli  asboblar  ishlatiladi.  Bunda  bir 

korpusga о‗lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi. 

Ikkinchi  bosqich–  ayrim  jarayonlarning  kompleks  avtomatlashtirilishidir. 

Bunda rostlash alohida shchitga о‗rnatilgan asboblar bо‗yicha olib boriladi. Yirik 

о‗lchamli  asboblardan  foydalanish  bu  shchitning  bir  necha  metrga  chо‗zilib 

ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning 

bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bо‗ladi. 

Bu masalani hal qilish uchun kichik о‗lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi. 

Uchinchi  bosqich  (tо‗liq  avtomatlashtirish  bosqichi)  –  agregat  va  sexlarni 

yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati 

shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, 

mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bо‗ladi. Doimiy nazoratni talab 

qilinadigan  о‗lchash  va  rostlash  asboblari  (yirik  о‗lchamli)  shchitdan  tashqariga 

о‗rnatiladi. 

Ushbu qismda to‘g‘ridan to‘g‘ri haydalgan dizel yoqilg‘isini gidrodisulfurizatsiyalash 

uchun avtomatlashtirish jarayoni ko‘rib o‘tildi.  Avtomatlashtirish sxemasi GOST 21-404-

85  bo‘yicha  bajarildi.    Ushbu  tizim  bo‘yicha  avtomatlashtirish  darajasi  ikki  pog‘onani 

tashkil etadi: 

1.  Lokal avtomatik boshqarish tizimi.  Bunda bosim, harorat va elekr yuritgichlarni 

boshqarish amalga oshiriladi. 

2.  Texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimi.  Bu  bosqichda 

mantiqiy dasturlanuvchi kontroller va sanoat hisoblash mashinasi (inson mashina 

interfeysi uchun) loyihalanadi. 

 

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling