O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
II.KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH JARAYONLARI
Download 357.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishini yozish bo'yicha qo'llanma Moliyaviy boshqaruv
II.KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH JARAYONLARI
BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR 2.1. Kurs ishi mavzusi bo‘yicha ma‘lumotlar bazasini shakllantirish Talaba kurs ishining rejasini tuzishdan avval ishning muhim savollarini belgilab olish maqsadida asosiy adabiyotlar, davriy matbuot ma‘lumotlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishadi hamda mavzu doirasida ma‘lumotlar bazasini shakllantiradi. Ma’lumolar bazasini shakllantirishda birinchi navbatda Prezidentimizning mavzuga oid asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat Qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganishdan, tahlil etishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlar bilan www.lex.uz, www.norma.uz
kabi maxsus saytlardan foydalanib, tanishish ham mumkin. Bugungi karantin davrida elektron manbalardan unumli foydalanishda talabalarga O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlari portali (https://opendata.gov.uz/uz) , O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi sayti (www.natlib.uz) , O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti (www.mf.uz) , O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” portali (https://openbudget.uz) , Ziyonet ta’lim portali (www.ziyonet.uz)ga
kirgan holda elektron o‘quv-ilmiy adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, amaliyot obyektlarining ochiq manbalari(amaliyot ob’ektining yoki u buysunuvchi 5 yuqori tashkilot, idora, vazirlik veb-saytlari)dan foydalanish maqsadga muvofiq. Qolaversa, tanlangan mavzu bo‘yicha institut saytiga kirgan holda (www.tfi.uz)
videoma’ruzalar, ARM fondidagi elektron darslik, o‘quv qo‘llanmalarda, ilmiy-amaliy jurnallardan foydalanishlari tavsiya etiladi. Talabalar shuningdek, institut Axborot resurs markazining telegram kanali (http://t.me/moliya_kutub ) kirib, elektron resurslar: darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy majmualardan ham unumli foydalanishlari mumkin.
Agar amaliyot ob’ekti sifatida kichik korxona,xususiy korxona,MChJ kabilar olingan bo‘lsa, imkon darajasida ushbu yuridik shaxslarning rahbarlari yoki buxgalterlariga telefon, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat qilib, soliq idoralariga elektron tarzda yuborilgan yillik yoki choraklik moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda olib, foydalanishlari tavsiya etiladi. Talaba tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi tahlil qilinadi hamda kurs ishini yozish davomida foydalaniladigan qismi alohida ajratib olinadi. Kurs ishi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish davomida talabaning adabiyotlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalari yanada mustahkamlanadi. Chunki mavzu bo‘yicha kerakli axborotlarni izlash, ularni o‘rganish va har bir ma’lumot bo‘yicha shaxsiy mulohazalarni bayon etish kelgusida talaba tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda asqotadi.Talaba mavzu doirasida adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni o‘zaro solishtira olishi, o‘zining qarashlariga yaqinini ilmiy asoslashi hamda fikr mulohazalarini aniq va ravshan taqdim etishi maqsadga muvofiqdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, keltirilgan fikrlar va statistik ma’lumotlarning manbasi kurs ishida to‘liq, belgilangan talablar doirasida keltirilishi lozim. Kurs ishini yozish davomida foydalanilgan bosma va elektron adabiyotlar, internet saytlari ro‘yxati kurs ishining “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” qismida albatta keltirilishi lozim.
Download 357.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling