O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Kurs ishiga taqriz olish tartibi


Download 357.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana09.01.2022
Hajmi357.27 Kb.
#258090
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishini yozish bo'yicha qo'llanma Moliyaviy boshqaruv

2.5. Kurs ishiga taqriz olish tartibi 

 

Kurs ishi talaba tomonidan belgilangan muddatlarda tayyorlanib, taqriz olish  uchun 

elektron pochta, “HEMIS” elektron platformasi, shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘i 

va boshqa vositalar orqali ilmiy rahbarga yuboriladi. 

Ilmiy  rahbar  kurs  ishini  elektron  qabul  qilingan  sanadan  boshlab    2  kun  ichida 

taqriz  yozadi.  Ilmiy  rahbar  tomonidan  taqdim  etilgan  taqrizda  mavzuning  dolzarbligi, 

keltirilgan ma’lumotlar tahlili, chiqarilgan xulosalarning asoslanganligi va kurs ishining 

boshqa  ijobiy  tomonlari  tavsiflanadi.  Shu  bilan  birga,  xato  va  kamchiliklari  ham 

ko‘rsatiladi.  

Taqrizda kurs ishining tayyorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar  

ko‘rsatiladi.  Taqriz  oxirida  kurs  ishini  himoyaga  tavsiya  etish  yoki  tavsiya  etmaslik 

to‘g’risida ma’lumot beriladi. Agar taqrizda «Himoyaga tavsiya etilmaydi» deb ko‘rsatilgan 

bo‘lsa,  kurs  ishi    talaba  tomonidan  taqrizda  ko‘rsatilgan  kamchiliklar  asosida  qayta 

ishlanadi, to‘ldiriladi va qayta taqrizga yuboriladi. 

Kurs  ishida  qo‘pol  bo‘lmagan  xato  va  kamchiliklar  bo‘lsa-yu,  u  himoyaga  tavsiya 

etilsa,  talaba  ko‘rsatilgan  xato-kamchiliklarni  asoslash  yoki  to‘g’rilash  uchun  kurs  ishi 

himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni 

bartaraf  etgandan  so‘ng,  himoyaga  tavsiya  etilishi  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  u  holda  xato  va 

kamchiliklar  bartaraf  etilgandan  so‘ng,  ikkinchi  marta  yana  himoyaga  tavsiya  etish  taqrizi 

yoziladi.  Agarda  talaba  sababsiz  ravishda  kurs  ishini  o‘z  vaqtida  yubormasa,  kamchiliklar 

to‘liq  bartaraf  etilmasa,  u  holda  ilmiy  rahbar  “kurs  ishi  himoyaga  qo‘yilmaydi”  deb  yozib 

xulosa beradi. 

Ilmiy  rahbarlar  taqrizni  elektron  pochta,  “HEMIS”  elektron  platformasi, 

shuningdek,  telegram  ijtimoiy  tarmog‘i  va  boshqa  vositalar  orqali  talabaga  elektron 

ko‘rinishda yuboradi. 

 



 

13 



Download 357.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling