Ish o‘rnini jihozlash. Har bir talaba palapartish ishlash, e’tiborsizlik, asboblar
bilan yaqindan tanish bo‘lmaslik, kislota va ishqorlarning xossalarini hamda
havfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik ko‘ngilsiz hodisalarga olib
kelishi mumkin. SHuning uchun mashg‘ulotlarning birinchi kunidanoq har qaysi
talaba havfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishi va unga qat’iy qilishi
kerak.
Labaratoriya ishlari bajariladigan asosiy joy ish stolidir. Ish stoli doimo toza
bo‘lishi kerak. Faqat qunt bilan to‘g‘ri ishlagandagina ish muvaffaqiyatli chiqadi,
ishga diqqatsizlik bilan qarash esa bajariladigan ishning natijasi noto‘g‘ri
chiqishiga sabab bo‘ladi. Ishlayotganda ortiqcha shoshilmasdan, reaktivlarni
to‘kmasdan va sachratmasdan ishlash lozim. Kislotalar yoki ishqorlar to‘kilgan
joyni ehtiyotlik bilan darhol artish va suv bilan yuvish, so‘ngra kislota to‘kilgan
joyni esa sirka kislotaning 5% li eritmasi bilan neytrallash kerak, chunki bu
moddalar
stol
va
boshqa
narsalarni
ishdan
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |