Guruch yormasi. Ishlov berish usuliga qarab sholidan po‘stlog‘idan
tozalangan, sayqallangan va maydalangan(oq ushoq) yormalar olinadi. Po‘stlog‘idan
tozalangan guruch yormasi-sholi avval gul puchoqlaridan halos qilinib, keyin hosil,
urug‘ po‘stlari, murtak, qisman aleyron qavatlardan tozalangan dondan iboratdir.
Sifatiga qarab, bu tur guruch yormalari oliy, 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi.
Sayqallangan guruch yormasi-tozalangan yormani sayqallovchi mashinalarda
qo‘shimcha ishlov berish natijasida olinadi. Umuman bunday yormalar shishasimon
guruchdan olinib, butunlay endospermadan tashkil topadi. Bu xil guruch yormalari
ham, sifatiga qarab oliy, 1-chi va 2-chi navlara bo‘linadi.
Oqshoq (maydalangan guruch)- bu yorma tozalangan va sayqallangan guruch
tayyorlash jarayonida hosil bo‘lib, o‘lchamlari butun guruch o‘lchamining 2/3
qismidan kichik bo‘ladi. Oqshoq navlarga bo‘linmaydi.
Uning 100 gr Guruch oqshog‘ining ozuqaviy qiymati quyidagilardan
shakllanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |