O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti


Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari


Download 0.59 Mb.
bet9/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#265969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
kurs ishi

Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari


Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  1. tanlovchanlik-aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta'sir qilmaslik;

  2. maksimal adsorbsion hajm yoki faollik-adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;

  3. adsorbentni regeneratsiya qilish paytida yutilgan moddaning to'la ajralib chiqishi;

  4. adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo'lishhgi (donalarning buzilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi);

  5. yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo'lishlik; 6)narxi arzon bo'lishi.

Adsorbentningtanlovchanligivauningadsorbsionhajmiadsorbentvaadsorbtivningtabiati gavamolekulalarningtuzilishigabog'liqbo'ladi. Bundaadsorbentningsolishtirmayuzasi (massayokihajmbirligidagiadsorbentningyuzasi) vaadsorbentg'ovaklariningo'lchamlarimuhimahamiyatigaega. Buikkalakattalikbir- birlaribilanuzviybog'langan. G'ovaklarningo'lchamlariqanchalikkichikbo'lsa, adsorbentningsolishtirmayuzasishunchalikkatta' bo'ladi. Buholatadsorbentfaolliginikuchaytiradi.

Adsorbentningfaolligiadsorbsiyajarayoniningshart-sharoitlari(temperatura, bosim, adsorbtivningmuhitdagikonsentratsiyasi)gahambog'liqbo'ladi. Temperaturaningkamayishi, bosimningko'payishi (gazvabug'laruchun)



vaaralashmadagikeraklikomponentkonsentratsiyasiningortishibilanadsorbentningfaolligik uchayadi.

Adsorbentlarzarrachaichidagikapillarkanallarningkattaligigaqarabshartliravishdamakr o (r>107m), oraliq(10_97m) vamikrog'ovakli (K10-9m) bo'ladi. Adsorbsiyajarayonidategishlikomponentasosan, mikrog'ovaklarningyuzasidayutiladi. Oraliqvamakrog'ovaklarasosan,

yutilishilozimbo'lgankomponentnimikrog'ovaklaryuzasigauzatishuchunxizmatqiladi.Sanoat da adsorbent sifatida aktivlangan ko'mir, qattiq g'ovaksimon moddalar, silikagel, selluloza, seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sun'iy smolalar (ionitlar) ishlatiladi.

Aktivlangan ko'mir odatda, turli aralashmalar tarkibidan organik moddalarni yutish hamda suyuqlik va gazlar (bug'lar)ni ajratish uchun keng qo'llaniladi. Aktivlangan ko'mirlar har xil organik xomashyolar (yog'och, toshko'mir, qipiq, teri, qog'oz va go'sht ishlab chiqarishlari qoldiqlari)ni quruq haydash va so'ngra bug' yoki kimyoviy reagentlar ta'sirida qayta ishlash natijasida olinadi. Aktivlangan ko'mirlarning asosiy ko'rsatkichlari ularning turlariga qarab quyidagicha chegaralarda o'zgaradi: solishtirma yuza 16*105-17* 105 m2/kg, to'kma zichlik 200-900 kg/m3. Bunday ko'mirlar noaniq shaklli zarrachalar (o'lchami 1-7 mm), silindrsimon zarrachalar (diametri 2-3 mm balandligi 4-6 mm) va kukun (zarrachaning o'lchami 0,15 mm dan kichik) ishlatiladi. Kukun holatidagi adsorbentlar asosan, eritmalarni ajratish uchun qo'llaniladi.

Aktivlangan ko'mirning kamchiliklari bor: yonuvchan; mexanik mustahkamligi yetarli emas.



Silikagellar (kremniy kislotasining suvsizlantirgan geli) polyar birikmalami adsorbsiya qilish uchun ishlatiladi. Bunday adsorbentlardan

eaz va suyuqliklarni suvsizlantirish, organik moddalarni gaz fazasida ajratish uchun hamda xromotografiyada foydalaniladi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 4 • 105 7,7 • 105 m2/kg, uyilgan zichligi esa 400-800 kg/m3. Noaniq shaklli zarrachalarining o'lchami keng intervalda o'zgaradi (0,2-7mm), granula holatidagi zarrachalarning o'lchami esa 2-7 mm atrofida bo'ladi. Silikagellarning afzallik tomonlari: yonmaydi; mexanik mustahkamligi yuqori. Kamchiliklari: solishtirma yuzasi kamroq; namlik bo'lgan paytda adsorbentning organik moddalarga nisbatan yutish qobiliyati pasayib ketadi.

Adsorbentlar sifatida seolitlar ham ko'p ishlatiladi. Bunday adsorbentlar ishqor va ishqoriy — yer metallarning oksidlarini ushlagan alumosilikatlardan iborat. Seolitlar yuqori tanlovchanlikka ega. Seolitlar suyuqliklarni tozalash uchun mayda donali kukun holatida, gazlami tozalash uchun esa o'lchamlari 1-5 mm bo'lgan sharsimon yoki granulalar holida ishlatiladi. Ba'zi seolitlarning g'ovaklari juda ingichka bo'lib, ularning kattaligi yutilayotgan modda molekulalarining kattaligiga teng bo'ladi. Bu xildagi seolitlar

molekular elak sifatida, ya'ni o'lchamlari g'ovaklarining kattaligidan kichik bo'lgan molekulalarni yutish uchun ishlatiladi. Seolitlarning suvni yutish qobiliyati katta bo'lgani sababli, ulardan gazlarni quritishda hamda suyuqlik va gazlami tozalash uchun foydalaniladi. Seolitning tarkibiga yutilgan suv juda harakatchandir, bu suv qizdirish orqali yo'qotiladi va adsorbent soviganidan so'ng qaytadan suvni yutish qobiliyatini tiklaydi. Seolitlarning uyilish zichligi 600-800 kg/m3 bo'ladi. Seolitlarning yutish qobiliyati g'ovaklarning solishtirma yuzasi bilan emas, balki g'ovaklarni adsorbat bilan hajmiy to'ldirish qiymati bilan belgilanadi (0,2-K)0,25 sm3/g).

Sanoatda eritmalarni har xil pigmentlardan tozalash uchun adsorbent sifatida tuproq jinslari ham ishlatiladi. Tuproq jinslari tabiatda ko'p tarqalgan bo'lib, narxi arzon, uyilish zichligi 400-450 kg/m3. Tuproq jinslarining solishtirma yuzasi boshqa sanoatda ishlatiladigan adsorbentlarga nisbatan ancha kichik (35-150 m2/g)-

Adsorbsiya jarayonining moddiy balansi uning davriy yoki uzluksiz rejimda olib borilishiga qarab tuziladi. Odatda jarayon uzluksiz ravishda olib borilganda qarama-qarshi oqimlardan foydalaniladi. Bunday jarayon uchun moddiy balans tenglamasi quyidagicha ifoda qilinadi:

L(a0-ab)=G(Cb-C0);(6.1)

bu yerda, L — adsorbentning sarfi; G — tashuvchi gazning sarfi;

ava a0— yutilayotgan moddaning adsorbentdagi boshlang'ich va oxirgi tarkibi, C0

— yutilayotgan moddaning adsorbsiya paytida chiqib



ketayotgan gazlardagi o'rtacha tarkibi; Cbadsorbtivning tashuvchi gazdagi tarkibi.

Adsorbsiya jarayoni issiqlik ajralishi bilan boradi. Ajralib chiqqan issiqlik sistemadagi temperaturaning ko'tarjlishiga olib keladi, bu holat adsorbentning faolligini susaytiradi.. Shu sababdan sanoat miqyosida adsorbsiya jarayoni amalga oshirilganda, ajralib chiqqan issiqlikni sarflaydigan qurilmadan foydalaniladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling