Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Nima uchun ta’lim va kishi boshiga o‘rtacha daromad


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Nima uchun ta’lim va kishi boshiga o‘rtacha daromad 
ko‘rsatkichlari mezonlarini belgilash o‘zgartirilishi lozim? Ko‘rsatkich mezonlari 
bir necha sabablarga ko‘ra o‘zgartirildi. Masalan (ilgarigi) katta yoshlilarning 
savodxonlik darajasi ilgarigi Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha bilim darajasini 
to‘laqonli ravishda belgilab bermagan (faqatgina savodli yoki savodsiz deb ko‘rsatilib 
ularning savodxonlik darajasi ko‘rsatilmagan). Agar ta’lim olish yillarining o‘rtacha 
miqdori va ta’lim olish yillari kutilayotgan muddati ko‘rsatilsa ta’lim darajasi va 
ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tushunish osonlashadi. 
YAlpi ichki mahsulot – bu mamlakatga qancha ushlab qolinganiga qaramasdan 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning puldagi qiymatidir. 
YAlpi milliy daromad esa mamlakatda yashovchi fuqarolariga hisoblangan 
daromad bo‘lib mamlakatga oqib kelayotgan pul o‘tkazmalari, yordamlar va 
mamlakatda ishlab chiqarilib chet elga chiqarilgandan tashqari (daromadlarning) – 
tovar va hizmatlarning puldagi ifodasi kiradi. Lekin bunga mamlakat ichida ishlab 
chiqarilab chet elga chiqarilgan daromad kirmaydi. SHuning uchun ham YAlpi milliy 
daromad mamlakatning iqtisodiy boyligi farovonligini aniqroq qilib ko‘rsatuvchi aniq
mezon hisoblanadi. 
Hisobotda ko‘rsatilishicha mamlakat fuqarolarning daromadini YAlpi milliy 


311 
daromadi yoki YAlpi ichki mahsulot bo‘yicha hisoblanganda katta farq kelib chiqishi 
mumkin. Inson taraqqiyoti indeksi hisoblashlari “arifmetik” dan ko‘ra endi 
“geometrik” va talablar ham ancha o‘zgardi. Bu nimani nazarda tutadi? Avvallari 
Inson taraqqiyoti indeksi hajmlari ko‘rsatkichlari arifmetik qiymat shakli bilan 
hisoblanardi va normalashtirilgan minimum va maksimum ko‘rsatkichlar qo‘llanilar 
edi. Normalashtirish esa har xil birliklarda ifodalangan ko‘rsatkichlardan birliklarsiz 
0 dan 1 gacha qiymatga ega bo‘lgan miqdor ko‘rsatkichlarga o‘tishni taqozo qiladi. 
Bu yilgi Inson taraqqiyoti indeksi shakli esa Inson taraqqiyoti indeksi tomonidan 
ma’lum muddatda kuzatilgan kompyuterlashtirilgan va hisobotlashtirilgan minimum 
– maksimumga asoslangan, normalashtirilgan ko‘rsatkichlariga asoslangan geometrik 
ifodaga ega. SHuning uchun ham ilgarigi kishi boshiga daromad darajasining 
kuzatilgan maksimum nuqtasi 2010 yilgi Inson taraqqiyoti indeksi hisobotida 
o‘zgaritirildi. Geometrik qiymatni qabul qilish notekis rivojlanayotgan mamlakatlar 
hajmlarini ham, past darajadagi ko‘rsatkich qiymatlarini ham ishlab chiqara oladi. 
Geometrik o‘rtacha qiymat Inson taraqqiyoti indeksi o‘rinlariga ozgina ta’sir 
ko‘rsatadi. 
 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling