Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Xo‘sh nima uchun geometrik o‘rtacha ko‘rsatkich Inson taraqqiyoti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Xo‘sh nima uchun geometrik o‘rtacha ko‘rsatkich Inson taraqqiyoti 
indeksi uchun arifmetik o‘rtacha ko‘rsatkichga qaraganda ko‘proq mos keladi? 
YAngi Inson taraqqiyoti indeksi eski Inson taraqqiyoti indeksidan farqli o‘laroq 
yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar farqlarini aniq ko‘rsata oladi. Yo‘nalishlarni 
geometrik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga asoslanib o‘lchashda haqqoniy bo‘lmagan ijro 
yangi Inson taraqqiyoti indeksida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z aksini topadi va bu esa 
mamlakatning uch yo‘nalishli o‘lchovdagi muvaffaqiyat darajasini aniq ko‘rsata 
oladi. Endi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘lchovlarda mukammal almashtirishlar yo‘q. 
Boshqacha qilib aytganda, bir yo‘nalishda erishilgan past natijalar boshqa 
yo‘nalishdagi erishilgan yuqori muvaffaqiyatlar hisobiga almashtirilib to‘g‘rilanib 
ketavermaydi. Geometrik o‘rtacha ko‘rsatkich yo‘nalishlarni o‘lchashda ular 
orasidagi almashtirish-to‘ldirib ketish darajasini kamaytiradi. Bir paytning o‘zida 
tug‘ilgandagi umr ko‘rish uzunligidagi 1 % kamayish Inson taraqqiyoti indeksi 
bo‘yicha daromad va ta’lim ko‘rsatkichlarida ham o‘z ta’sirini 1 % kamayishini 
ko‘rsatadi. SHunday qilib natijalarni taqqoslash asosida bu uslub yo‘nalishlar 
bo‘yicha o‘lchashlardagi ichki farqlarni aniqlashda oddiy o‘rtachadan ko‘ra ko‘rpoq 
ahamiyatga ega. 
 
Nima uchun Inson taraqqiyoti indeksi daromad qismining eng 
yuqori darajasi (shapkasi) ko‘tarib qo‘yildi, bu qanday samara berdi? Daromad 
inson taraqqiyotining kaliti bo‘lib sarmoya esa daromad o‘sishini pasaytiradi. Ilgarigi 
Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha YAlpi Ichki Maxsulot 40 000 AQSH dollari 
darajasiga ko‘tarib qo‘yilgan edi va u logarifm yo‘li bilan o‘tkazilgan edi. Birlamchi 
Inson taraqqiyoti indeksi daromad eng yuqori darajasi eng yuqori qo‘yilgan 


312 
miqdordan ham yuqorisini tasvirlash uchun qo‘yilgan edi. Qo‘shimcha daromad esa 
inson taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytira olmaydi. Keyingi tahlillar shuni 
ko‘rsatdiki, savodxonlik darajasida maktabga qabul qilish darajasi, umr ko‘rish 
darajasi tabiiy eng yuqori standart (100 %, o‘lim chegaralari va boshqalar) va egri 
chiziq vaqt o‘tishi bilan Inson taraqqiyoti indeksi eng yuqori nuqtasidan ham og‘ib 
daromad darajasini ko‘tarib yubordi. YUqori standartni ko‘tarishga yana boshqa 
sabablar ham bor. Birinchidan, eng yuыori standartni zabd etgan mamlakatlar soni 
kщpayib ketdi. YA’ni eng yuqori o‘rinni taqsimlashda o‘sib borayotgan mamlakatlar 
sonini farqlay olmay qoldik. 2007 yilda 13 ta mamlakatlarning YAlpi Ichki 
Maxsuloti eng yuqori standartdan oshib ketdi. SHuning uchun daromad standartining 
mamlakatlarni farqlashga qudrati etmay qoldi, ayniqsa eng yuqori rivojlangan 
mamlakatlarni farqlashda. Ikkinchidan, qo‘shimcha daromadni ma’lum bir darajadan 
umuman o‘tib ketmasligi to‘g‘risidagi mensimaslik tushunchasidan yiroq edik. 
Masalan: daromad standartining xaridorlik qobiliyati tengligi AQSH dollarida 40 000 
miqdori mamlakatlarga majburiyat emas edi, aksincha bu standart 1990 nchi 
yillarning o‘rtalarida kiritilganda daromad yo‘nalishlari ko‘rsatkichlarida 
normalashtirishning eng yuqori chegarasi qilib belgilangan edi. Uchinchidan, 
geometrik o‘rtacha qiymatning qo‘llanilishi arifmetik o‘rtacha ko‘rsatkichga 
taqqoslangan logarifmli o‘tkazishning kamayib boruvchi daromadni ko‘rsatishni 
intensivlashtiradi. To‘rtinchidan, eng yuqori standart o‘rniga haqiqiy maksimum 
qiymatning ko‘rsatilishini qo‘llash ko‘rsatkichlarni o‘xshash darajalardagi o‘zgarish 
natijasini ko‘rish imkonini beradi va ularning ko‘rinmas ichki qiymatlari (og‘irliklari) 
oldingi uslubni qo‘llagandagidan o‘xshashroq ekanligini ko‘rsatadi. YAngi Inson 
taraqqiyoti indeksi tabiiy logarifmni qo‘llaydi. Ilgarigisi esa 10 ga asoslangan 
logarifmni qo‘llar edi. bu kichik o‘zgarish daromad ko‘rsatkichi qiymatiga ta’siri 
yo‘q va ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarida daromadning tabiiy logarifmi qo‘llaniladi. 
Har bir yo‘nalish bo‘yicha yuqori standart ko‘tarilib turadi va bu kuzatilgan 
maksimum 1980–2010 yillar muddatlaridagi Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichiga 
tengligi seziladi. 
 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling