Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Maykl Porterning


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Maykl Porterning 
«beshta kuch» modeli 
Garvard universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi
kuchlarni quyidagicha guruhlagan: 
1. Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat. 
2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tamoqdagi 
xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi. 
3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi. 
4. Xom ashyo va butlovchi qismlar etkazib beruvchilarning o’z shartlarini 
o’tkazishga urinishlari. 
5. Xaridorlarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari. 
6. Bu tahlil firma mazkur tarmokda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay shtlar 
va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. 
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (7-chizma) U mazkur modelni 
asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud 
kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini 
ta’kidlagan edi. Buning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlar vujudga 
keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga 
o’zgartirishi mumkin. 
Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning 
daromadlariga tahdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, 
kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Bu omilning 


39 
raqobatchilik kuchi to’sio’larining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli 
dara-jada bog’liq. Bunday to’sio’larning uch asosiy manbai bor. 
-xaridorlarning savdo markasiga sodio’ligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni 
katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin); 
-xarajatlar bo’yicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada 
kamligi mavjud kompaniyalar uchun, yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo’lgan katta 
ustunliklarni beradi); 
-ko’lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo’ladilap). U 
ya’ni standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning 
kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta mikdorlarda sotib 
olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va 
hokazolar bilan bog’liq. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan 
kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi. 
Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan 
kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu erda ham to’rt omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish 
mumkin: 
-tarmoqdagi; 
-raqobat tuzilmasi; 
-talabning shart-sharoitlari; 
-tarmoqqa kirish to’sio’larining balandligi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling