Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy 
mahsulotdagi ulushini 51,1 foizga etkazish, viloyatning jami xizmatlari 
hajmida qishloq joylardagi xizmatlarining ulushi esa 49,3 foizga 
etkazilishiga erishilishi ko‘zda tutilgan. 
SHuningdek, dastur asosida xizmat ko‘rsatishning asosiy sohalaridan bo‘lgan, 
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (shu jumladan, mobil aloqa, Internet tarmog‘i, 
televizion kabel aloqasi, pochta va elektraloqa bilan ta’minlash xizmatlari)ning 
o‘sish sur’atlarini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha 2 baravar, 
kompyuter dasturlash (shu jumladan, elektron ta’lim va elektron maslahat) 
xizmatlarini esa 1,9 baravarga, moliya xizmatlari 1,9 baravarga, transport 
xizmatlari 2,0 baravarga, qurilish xizmatlari 2,0 baravarga, texnologik uskunalarni 
ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, turistik xizmatlar, savdo va 
umumiy ovqatlanish xizmatlari, maishiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va 
boshqa xizmatlar turlari ham 1,9 - 2,1 baravargacha oshirilishi mo‘ljallangan. 
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta lizing 
kompaniyalari filiallarini, 79 ta maxsus omonat kassalari, qishloq joylardagi 
terminallar sonini 6093 taga etkazish, 6 ta terminallarni ta’mirlash shahobchalari, 
“Samtelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 22 ta baza 
stansiyalarini o‘rnatish bilan birga SDMA mobil aloqa standartini rivojlantirish, 15 
ta pochta aloqa bo‘limlarida zamonaviy elektron aloqa xizmatlarini tashkil etish, 
16 ta qishloq pochta aloqa bo‘limlarini mobil bank terminallari bilan ta’minlash 
kabi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi 
SHuningdek chora-tadbirlar kompleksida qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish 
bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari berish amaliyotini 
kengaytirish (22,1 milliard so‘m) hamda qishloq aholisiga, ayniqsa mebel, 
elektrmaishiy va boshqa uy-ro‘zg‘or tovarlari uchun taqdim etiladigan iste’mol 
kreditlari hajmini ko‘paytirish nazarda tutilgan. 
Viloyatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turizm 
xizmatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan Urgut 
tumanida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida "Qoratepa" QFYda turistlar 
dam olishi uchun savdo va maishiy xizmatlar infratuzilma ob’ektlarni o‘z ichiga 
olgan dam olish maskani, "Ming archa" dam olish maskanini rekonstruksiya qilish, 
"Omon-qo‘ton" qishlog‘ida hududida turistlar uchun dam olish kotejlari va lager 
tashkil etish, Pastdarg‘om tumanida mehmonxona va Oqdaryo tumani hududida 
Milliy avtomagistral bo‘yida turistlar uchun kemping tashkil etish belgilangan. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling