Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 4.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-mavzu. Sug’urta xizmatlari menejmenti strategiyasi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
BANKNING MAQSADLARI
BANKDA KADRLARNI REJALASHTIRISH 417 Tijorat bankida kadrlarni rejalashtirishning maqsad va vazifalari XODIMLARNI JALB QILISH MANBALARI Xodimlarni jalb qilishning ichki manbalari Xodimlarni tashqaridan jalb qilish Qo’shimcha ish Vazifalarni qayta taqsimlash yoki xodimlarni joydan joyga o’tkazish Yangi xodimlarni yollash Xodimlar lizingi 418 13-mavzu. Sug’urta xizmatlari menejmenti strategiyasi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 y., 4-5-son, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 41-son, 405-modda; 2007 y., 37-38-son, 376-modda; 2008 y., 17-son, 129-modda; 52-son, 508-modda; 2009 y., 39-son, 423-modda; 2010 y., 50-son, 471-modda; 2012 y., 15-son, 165-modda; 2013 y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014 y., 36- son, 452-modda; 2015 y., 52-son, 645-modda) 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Sug‘urta hamda sug‘urta faoliyati Oldingi tahrirga qarang. Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. (3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165- modda) Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi. 4-modda. Sug‘urta sohalari va turlari (klasslari) Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi: hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 419 sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 4.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling