Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 4.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi
Qonuni
asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8 1 -modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini tanlash; (8 1 -modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish; ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish. Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; Oldingi tahrirga qarang. sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etishi; (8 1 -modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang. 424 mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi. (8 1 -modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang. qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi; firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sug‘urtalovchilarni xabardor qilishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart; (8 1 -moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va ettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. (8 1 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ- 108-sonli Download 4.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling