Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

 
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ? 
Yuqoridagi taxlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga e’tibor berish 
kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu 
zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga 


63 
aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi 
savollarga javob topishlari lozim: 
1)tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga olganda firmaning bugungi 
strategiyasi ma’qulmi; 
2)firmaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning 
kalit omillariga mos keladimi
3)tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya 
qiladimi; 
4)qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki 
zaifliklardan ximoya qila olmaydi; 
5)bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar etkaza oladimi, 
agar etkaza olsa qanday zarar etkaza oladi
6)kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni 
tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi; 
7)bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat; 
8)kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar 
ko’rish lozimmi; 
Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani 
ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi. 
Vaziyat taxlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil 
qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat 
taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak: 
- mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi? 
- mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan 
qanchalik kuchli bog’liq? 
- mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan 
qanchalik yaxshi ximoyalangan? 
- mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay 
oladimi? 
- kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi? 
- kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni 
kupaytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerakmi? 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling