Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi. 
Diversiyalash xakidagi karor daromadli kompaniyalarni izlash va sotib olish 
natijasi xisoblanadi. Noturdosh diversiyalashning asosiy koidasi shuki, unda 
manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin bulgan va foyda olish uchun 
yaxshi istikbolga ega bulgan xar kanday kompaniya diversiyalash uchun manfaatli 
yunalish buladi. Ba’zida, noturdosh diversiyani amalga oshirayotgan kompaniyalar 
uzining aloxida mavkei xisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun imkoniyatlarni 
taklif kiladigan kompaniyalarni izlab topishga uz kuchlarini yunaltiradilar. Bunday 
korxonalarning uchta turi mavjud buladi. 
1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday xolda mazkur korxonalarni bozor 
narxlaridan pastrok narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Bu esa keyinchalik 
kompaniyani nisbatan yukori narxda sotish imkonini beradi. 
2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday 
firmalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin. 
3) O’sish imkoniyatlari katta bulib, investitsiya imkoniyatlari bulmagan 
kompaniyalar. 
Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash quyidagi nuqtai nazardan juda jozibalidir: 
1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning kupgina xar turli tarmoqlari buyicha 
«sochilgan» bulib, bu kompaniyani biron-bir soxasida paydo bulishi mumkin bulgan 
muammolar izmida bulish darajasini pasaytiradi. 
2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik nuktai nazaridan jozibali 
istikbollari bulgan tarmoqlarga investitsiya kilinishi mumkin. 
3. Kompaniyaning ichki foyda normasi umuman sezilarli darajada 
barkarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi kiyinchilik davrlari boshkasi xisobiga kisman 
kompensatsiya kilinishi mumkin. 
4. Korporativ raxbariyat etarli baxolanmagan kompaniyalarning xakikiy 
kiymatini aniklash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy axvoli 
yaxshilanib, aktsiyalarning daromadliligi oshib boradi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling