Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

8.3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi 
Bunday matritsaning ustunligi firma urta korxonalarining xayot tsiklining turli 
bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi» 
shaklidagi urta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor 
g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash 
lozim. Potentsial «yutqazayotgan» urta korxonalarni imkon qadar tezroq 
«echintirish» kerak. Etuklik va pasayish bosqichlaridagi urta korxonalardagi biznesni 
shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati 
yaratilishi lozim. Ushbu urta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari 
«rivojlanayotgan g’oliblar»ni va usishning sekinlashish bosqichini boshidan 
kechirayotgan urta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim. 
Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga urta korxonalar 
portfelining 
muvozanatlashganlik 
darajasini 
baxolashga 
imkon 
beradi. 
Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», 
bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bulishi 
lozim. Ayni paytda ushbu matritsa urta korxonalar portfelining dinamikasini 
baxolashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey 
matritsasiga qo’shimchadir, chunki u kupgina muxim omillarni aks ettirmaydi. 
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat: 
- menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini taxlil qilish imkoniyati; 
- aloxida urta korxonalar urtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi
firmaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati; 


105 
- urta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi urta korxonalarning 
xozirgi strukturasini aniqlashga va uzoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga 
imkon beradi (muvozanatlashgan portfel - kompaniyaning kuchli jixati bulib, 
muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi). 
Ammo urta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir 
«qopqon»larga olib kelishi mumkin: 
- urta korxonalar sonining kupligi firma raxbariyati uchun axborotning g’oyatda 
kupligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu urta 
korxonalar soni 40-50 taga yaqin bulganda yuz beradi); 
- urta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari urtasida 
ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin; 
- matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal 
integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun 
muammolar vujudga kelishi mumkin (urta korxonalar urtasidagi muxim strategik 
munosabatlarni ham xisobga olish lozim). 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling