Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg buyicha)


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

5-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg buyicha). 
G.Mintsberg g’oyasi shundan iboratki, rejalashtirilgan strategiyaning bir qismini 
har doim amalga oshirish imkoni bqlmaydi. Amalga oshirilganning katta qismi, 
odatda, boshida rejalashtirilgan strategiyaga kirmagan, shu sabali uni vujudga 
keluvchi strategiya deb nomlagan. Oxir-oqibatda amalga oshirilgan strategiya ongli 
strategiyaga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, amaliyotda ongli va vujudga keluvchi 
strategiyalarning ma’lum kombinatsiyasi amalga oshiriladi. 
Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda quyidagi asosiy xulosani keltirish 
mumkin. korxona strategik harakatini shakllantirishning moxiyati rivojlanish 
yqnalishini aniqlashdan, tanlangan mo’ljalga samarali yaqinlashish bqyicha chora-
tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan, shuningdek tanlangan strategiyani amalga 
oshirish jarayonini baholash va nazorat qilishdan iborat. 
 
 
 


18 
Strategiyani boshqarish ijrochilari 
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer 
hisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi iazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni 
bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiya-ni, uni bajarish yo’llarini 
ishlab chiqadi. 
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse-
prezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar 
hisoblanadilar. Har bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha strategiyani ishlab 
chiqadi va uning bajarilishini kuzatib boradi. 
Diversifikatsiyali kompannyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, 
strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud: 
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pog’onasi rahbari; 
-alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar; 
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar; 
-asosiy tezkor bo’linmalar va mintaqaviy bo’limlar menejerlari. 
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki 
ikkita menejer bo’ladi 
Strategik menejer va qo’yiladigan asosiy talablar. 
Bugungi kunda murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun 
firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab olishi 
lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini 
ta’minlashdir (ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim 
fuiktsiyalari (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat 
ko’rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi va 
butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi. 
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar 
quyidagi hislatlarga ega bo’lishi kerak: 
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari; 
- o’z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari, 
- yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari); 
- ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»; 
- dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim. 
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli 
boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli 
qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga 
voqelikdan tez xabardor bo’lib turish imkonini beradi. 
Ular o’z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o’rtasida to’g’ri 
taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi
qaysi paytda xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. 


19 
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini 
egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’-e’tibori bilan ilgari surish uchun tazyiq 
ko’rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki rahbari 
sifatida ish tutishi lozim. 
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U 
manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak. Bu esa 
firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi 
kerakligini anglatadi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling