Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
-chizma. Strategik menejment jarayoni
Download 4.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi
2.1.-chizma. Strategik menejment jarayoni
2.2.Firma faoliyati yo’nalishlarini belgilash omillari. Kompaniya strategiyasini belgilashga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarning o’zaro ta’siri har bir tarmokda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, vaqt davomida o’zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Firma hamisha ham o’zi xohlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning harakatlari qonun, siyosati, ijtimoiy tartibot va jamiyat mavqei bilan chegaralanadi. Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: 1) jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish; 1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich 5-bosqich Zarurat bo’lganda qayta ko’rib chiqish Zarurat bo’lganda qayta ko’rib chiqish Yaxshila- nish Yaxshila- nish Zarurat bo’lganda 1- 4 bosqichga qaytish 23 2) ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini tartibga solish; 3) tartibga soluvchi me’yorlar bilan ziddiyatta bormaslik uchun zarur harakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish; 4) hissadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash; 5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik mavqeini ta’minlash. Tarmoqning jozibadorligi va raqobatchilik darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini ilgari shug’ullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiyani kompaniyaning yaxshi anglangan sohasiga qurilishi lozim. Strategiyada hisobga olinishi lozim bo’lgan va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning oddiy modeli 5-chizmada keltirilgan. Bu omillarning o’zaro ta’siri odatda har tomonlama mazmunga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi. Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniya faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiya-ning o’zi muvaffaqiyat keltira olmaydi. 2.2.-chizma. Kompaniya strategiyasini belgilovchi omillar TAShQI OMILLAR Ijtimoiy, siyosiy sharoitlar va qo- nunchilik Tarmoqning jozi- badorligi, raqobat shartlari Kompaniya uchun imkoniyatlar va xavf- xatarlar Kompaniyaning strategik vaziyati Ayrim omillar ning muhimligi va ularning strategiyaga ta’siri haqidagi xulosa Strategik tashabbuslarni identifikatsiya lash va baholash Vaziyatga mos strategiyani aniqlash IChKI OMILLAR Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari bozordagi raqobat Shaxsiy nafsoniyat biznes falsafasi axloqiy tamoyillar Aktsiyalarning qiymati va kompa-niya madaniyati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling