Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

 
 
Nazorat savollari
1.Strategik menejmentning besh vazifasi. 
2.Menejerlarning asosiy funktsiyasi nimalardan iborat? 
3.Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlarini tushuntiring. 
5
Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p 


35 
4.Strategik menejment jarayonini tushuntiring. 
5.Firmada strategiyani ishlab chiqish ierarxiyasi. 
6.Firma faoliyat yo’nalishlarini belgilash omillari. 
7.Strategiyani ishlab chiqish uslubi. 
8.Strategiyani yaratishga bo’lgan turli xil yondashuvlar 
Tayanch iboralar: funksiya, ierarxiya, uslub, yondashuvlar, tashqi omillar, ichki 
omillar, boshqaruvning asosiy bosqichlari. 
 
3-MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI 
RAQOBATNING TAHLIli 
3.1.Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. 
3.2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar. 
3.3.Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Porterning “beshta kuch”
modeli. 
3.4.Firmani raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar. 
 
3.1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. 
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil ikki yo’nalishda 
olib boriladi: 
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. 
Kompaya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi. 
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo’yicha bir 
biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi 
mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmi ham bo’ladi- 
Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigachafarqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif 
bo’ladi. Talab ham o’sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo’ladi. 
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar 
qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar raqobat kurashini baholash 
imkonini beradi. Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi: 
1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar. 
2. 
Tarmoqdagi 
raqobat 
kuchlari 
va 
ular 
ta’sirining 
darajasi. 
3. Rakobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. 
4.
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari. 
5. Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat kaliti va muvaffaqiyatsizlik omillari. 
6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini belgilovchi shaxslar. 
7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi. 


36 
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos bo’lgan va 
kompaniyaning strategik yo’nalishi va imkoniyatlarini eng ravshan ifodalovchi jihatlarni 
aniqlashdan iborat. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga 
aniq javoblar topishga qaratiladi. So’ngra bu savollar kompaniyadagi strategik 
vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning xata-harakatlariga muqobil 
variantlarni belgilash uchun foydalaniladi. 
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish 
usullaridan kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil 
qilishda ham foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi tashqi 
vaziyatni (makromuhitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan 
foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda firmaning eng yaqin atrof-muhiti (makromuhiti) 
o’rganiladi. 6-chizmadagi yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun 
strategik tahlilning tuzilmasi keltirilgan. Kompaniyaning strategik tahlilining mantiqiy 
echimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. Shunday qilib ushbu 
tahlil strategik rejani shchakllantirshning dastlabki nuqtasi hisoblanadi. 

↓ 
Identifikatsiya Kompaniyaning strategik 
ko’rinishini baholash 
Kalit davrlar: 
Kompaniya amalda qanday muqobillikka ega? (mavjud asosiy strategiyani yaxshilash, 
strategiyani tubdan o’zgartirish) 
Arzigulik raqobat ustunligiga erishishning eng maqbul yo’li qanday? 

Strategiyani shakllantirish 
Yechim mezonlari 
Strategiya vaziyatni qanchalik yaxshi hisobga olinadi? 
Raqobat ustunligiga erishishga qanchalik yordam beradi? 
Kompaniya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi? 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling