Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Inson taraqqiyoti indeksi bizga nima haqida ma’lumot beradi?


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Inson taraqqiyoti indeksi bizga nima haqida ma’lumot beradi?  
 
Inson taraqqiyoti indeksi faqat mamlakatning iqtisodiy o‘sishinigina
 
emas balki uning aholisi, ularning qobiliyatlari hamda mamlakat 
 
ning rivojiga baho berish uchun asosiy me’zonlar sifatida urg‘u berish
uchun yaratilgan edi. 
Inson taraqqiyoti indeksi mamlakatning milliy siyosatini belgilashda ham 
qo‘llanilishi mumkin. Masalan nima uchun jon boshiga bo‘lingan YAlpi milliy 
daromad ko‘rsatkichlari darajasi va ta’lim tizimidagi bir xil bo‘lgan ikki mamlakatda 
inson rivojining natijalari har xil bo‘lishi mumkin. Bagama orollari va YAngi 
Zellandiyada kishi boshiga daromad bir xil darajani tashkil qiladi, lekin o‘rtacha umr 
ko‘rish darajasi va ta’lim tizimidagi o‘qish yillari muddati ikkala mamlakatda farq 
qiladi va buning natijasida YAngi Zellandiyadagi Inson taraqqiyoti indeksi 
ko‘rsatikichi Bagama orollaridagiga qaraganda ancha yuqori darajani tashkil qiladi. 
Bunday hayratlanarli ziddiyatlar Xukumat siyosatidagi hal qiluvchi masalalar 
muxokamasini keltirib chiqarishi mumkin. 


310 
 
Birlamchi Inson taraqqiyoti indeksi uslubiyoti (metodologiyasi) 
Inson rivojining xisobotining 20 nchi nashri uchun qayta ishlab chiqildi. Xo‘sh 
bu qanchalik farq qiladi? Xuddi o‘tgan yillaridagi inson rivojining hisobotlari kabi 
Inson taraqqiyoti indeksi tarkibiy qismlarga ega ko‘rsatkich bo‘lib, uch asosiy 
yo‘nalishdagi rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘lchaydi: sog‘liqni saqlash, bilim va 
daromad darajalari. 
Avvalgi Inson taraqqiyoti indeksi hisoblash usuliga ko‘ra insonning 
tug‘ilgandagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi bilan belgilanar edi. Ta’lim yoki bilim 
katta yoshlilarning savodxonlik darajasi va ta’lim tizimida o‘qish darajalari bilan 
belgilanar edi. (Boshlang‘ich ta’limdan Oliy ta’limgacha). YAlpi ichki mahsulotga 
nisbatan kishi boshiga o‘rtacha daromad yoki yashash sifati darajasi mazkur 
mamlakatlarda AQSH dollari harid quvvati bo‘yicha hisoblab chiqilgan (PPP-US$). 
Inson sog‘lig‘i xali ham tug‘ilgandagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi bilan 
belgilanadi. Lekin 2010 yildagi Inson taraqqiyoti indeksi inson bilimini darajasini 
belgilashda 2 omilni hisobga oladi: 1) Bugungi kunda mamlakatdagi maktab 
yoshidagi bolaning maktabda qancha muddat o‘qiy olishi; 2) 25 va undan katta 
yoshdagi insonlarning o‘rta hisobda bilim olgan yillar muddati. Aholi o‘rtacha 
daromadini o‘lchash mezoni yalpi ichki mahsulot qiymatidan kishi boshiga YAlpi 
milliy daromad qiymatiga ko‘chdi. YAlpi milliy daromad o‘z ichiga chet el yordami 
va boshqa daromadlarni ham o‘z ichiga oladi va bu o‘z navbatida rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi iqtisodiyotning holatini to‘laqonliroq tasvirlab beradi. 
 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling