Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

 
2-masala 
 
YOsh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda. 
Master u bilan suxbatlar o‘tkazdi. Jarima solishga ham to‘g‘ri keldi. YOsh ishchi 
ishlaydigan brigadada 12 kishi bor, ulardan biri uning do‘sti hamma narsada uni 
qo‘llaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan so‘ng uyga ketishga 
shoshiladi. 5 kishi jamoatchilik topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi 
qo‘mitasi a’zosi. 
YOsh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yuz berdi. Uning axloqini baholashda 
siz master o‘rnida nima qilar edingiz? 
1. Brigada jamoasi yig‘ilishida yosh hodimning harakatini muxokamaga qo‘yar 
edim. 
2. Jamoa qatnashuvisiz o‘zim qaror qabul qilar edim. 
3. YOsh ishchining harakati muxokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar 
edim. 
Boshqa javob yo‘q. 
3-masala 


326 
Boshqaruv hodimlari qanday asosiy kategoriyalarga bo‘linadi? 
1. 2-kategoriyaga: rahbarlar va muhandis - texnik hodimlar. 
2. 3-kategoriyaga: rahbarlar, mutaxassislar, hizmat ko‘rsatuvchi-yordamchi-
texnik va hizmatchi personal. 
3. 4-kategoriyaga: yuqori pog‘onali rahbar (boshliq, o‘rinbosari), o‘rta pog‘onali 
rahbar (bo‘lim boshlig‘i, sektor va byuro boshliqlari), muhandis-texnik xodimlari va 
kichik hizmat xodimlari. 
4-masala 
Kasaba uyushmasi etakchisini tanlash kerak. 3 ta nomzod bor. Quyida ularning 
harakteristikasi keltirilgan. Kimni tanladingiz? 
1. Birinchisi-a’lochi, muloyim, o‘ziga ergashtira oladigan, o‘z fikrida tura 
oladigan. 
2. Insonlar bilan quruq munosabatda bo‘ladigan tabiatga mijozga ega ikkinchi 
nomzod, vazifalarni bajarishda tezkor savolni aniq belgilab, uning bajarilishini tashkil 
eta oladi. 
Uchinchi nomzod - jamoa fikriga tayanadigan, o‘ziga ergashtira oladigan, 
ko‘ngilsizliklardan uzoq yuruvchi, ayniqsa ish jarayonida odamlarning o‘zaro 
munosabatlari bilan bog‘liq hollarda. 
5-masala 
Ishlab chiqarishga kelgan yosh mutaxassislarga rahbarlarni (ustozlarni) 
tayinlovchi (belgilovchi) qoidalari ustida o‘ylab ko‘ring. Sizning fikringizga quyidagi 
berilgan uchta savoldan qaysi biri haqiqatda haq odilona (to‘g‘ri)? 
1. Ma’muriy ishlab chiqarishga kelgan har bir yosh mutaxassisga zarur bo‘lgan 
maxsus tayyorgarlikni o‘tagan va yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istagan eng 
yaxshi ishlab chiqaruvchilardan rahbarlarni biriktirib qo‘yish shart. 
2. Ilg‘or (etakchi) ishlab chiqaruvchilardan yoshlar tarbiyasi bilan 
shug‘ullanishni istaydiganlarni aniqlash (ko‘rsatish) zarur va ularga maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tish uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur. 
Ayniqsa yosh ishchilarga biriktirilish to‘g‘risidagi savolni esa rahbarlarning 
o‘zlari hal etishlari lozim. 
Ishga kirayotgan yosh ishchini ishlab chiqarishda rahbarning harakati bilan 
tanishtirish, unga yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq 
axborot berish zarur. Bundan so‘ng yosh mutaxassisga o‘zi rahbarni tanlashni taklif 
qilish kerak. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling