Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 4.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 71-85 ball “yaxshi”
Baholash
Baholash mezonlari 371 usullari Testlar, yozma ishlar, og‘zaki savol- javoblar. 86-100 ball “a’lo”: Fanga oid nazariy bilimlarni to‘la o‘zlashtira olish. Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Tasavvurga ega bo‘lish. 71-85 ball “yaxshi”: Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. 5-70 ball“qoniqarli”: Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lish. 50-54 ball “qoniqarsiz”: Fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni bilmaslik, Reyting baholash turlari Nazorat shakllari Maksimal ball Umumiy ball 1 Joriy nazorat 36 100 2 Oraliq nazorat 34 3 Yakuniy nazorat 30 Joriy baholash Maksimal ball O‘tkazish vaqti Joiry nazorat (20 ball) MT (16 ball) 36 Semestr davomida Darslarga aktiv qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Amaliy mashg‘ulotlardagi faolligi, amaliy mashg‘ulot daftarlarining yuritilishi va holati. Mavzular bo‘yicha uy vazifalarining bajarilishi Mustaqil ta’lim topshiriqlarining (prezetatsiya, testlat, yozma ish variantlari, keys stadiylar) o‘z vaqtida sifatli bajarilishi Oraliq baholash Maksimal ball O‘tkazish vaqti № Oraliq nazorat (20 ball) MT (14 ball) 34 Semestr davomida I Darslarga aktiv qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Ma’ruza mashg‘ulotlardagi faolligi, mashg‘ulot daftarlarining yuritilish holati. Oraliq nazorat uchun nazorat ishi. (9 ball) Mustaqil ta’lim topshiriqlarining (prezetatsiya, testlat, yozma ish variantlari, keys stadilar) o‘z vaqtida sifatli bajarilishi. (6 ball) 15 I oraliq davomida (semestrni ng 1-9 haftasi) II Darslarga aktiv qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Ma’ruza mashg‘ulotlardagi faolligi, mashg‘ulot daftarlarining yuritilish holati. Oraliq nazorat uchun nazorat ishi. (11 ball) Mustaqil ta’lim topshiriqlarining (prezetatsiya, testlat, yozma ish variantlari, keys stadilar) o‘z vaqtida sifatli bajarilishi. (8 ball) 19 II oraliq davomida (semestrni ng 10-18 haftasi) Laboratoriya ishlarini tashkil etish boyicha ko’rsatmalar 372 Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar «Strategik menejment» fani bo’yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo’yicha natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. Kurs ishi «Strategik menejment» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak. Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi - bu qo’yilgan savollarning o’zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta’minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qo’yish hamda ko’zlangan natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to’g’ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo’yilgan maqsad hamda natijalarini to’g’ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan etukligi hamda «Strategik menejment » fani bo’yicha chuqur bilimga va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo’yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko’zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda strategic menejmentning tashkil qilishning o’ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini o’zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda boshqaruv siyosatining xususiyatlarini, belgilangan muammolarning echimini topish yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi. Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: - o’rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish; - kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish; - kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish; - taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi; - talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi; 373 - qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi. Kurs ishi o’quv rejaga ko’ra 5230200 – “Menejment” (Xizmatlar sohasi) ta’lim yo’nalishida nazarda tutilgan. Download 4.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling