Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy
Download 4.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi
xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy
mahsulotdagi ulushini 51,1 foizga etkazish, viloyatning jami xizmatlari hajmida qishloq joylardagi xizmatlarining ulushi esa 49,3 foizga etkazilishiga erishilishi ko‘zda tutilgan. SHuningdek, dastur asosida xizmat ko‘rsatishning asosiy sohalaridan bo‘lgan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (shu jumladan, mobil aloqa, Internet tarmog‘i, televizion kabel aloqasi, pochta va elektraloqa bilan ta’minlash xizmatlari)ning o‘sish sur’atlarini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha 2 baravar, kompyuter dasturlash (shu jumladan, elektron ta’lim va elektron maslahat) xizmatlarini esa 1,9 baravarga, moliya xizmatlari 1,9 baravarga, transport xizmatlari 2,0 baravarga, qurilish xizmatlari 2,0 baravarga, texnologik uskunalarni ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, turistik xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, maishiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlar turlari ham 1,9 - 2,1 baravargacha oshirilishi mo‘ljallangan. Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta lizing kompaniyalari filiallarini, 79 ta maxsus omonat kassalari, qishloq joylardagi terminallar sonini 6093 taga etkazish, 6 ta terminallarni ta’mirlash shahobchalari, “Samtelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 22 ta baza stansiyalarini o‘rnatish bilan birga SDMA mobil aloqa standartini rivojlantirish, 15 ta pochta aloqa bo‘limlarida zamonaviy elektron aloqa xizmatlarini tashkil etish, 16 ta qishloq pochta aloqa bo‘limlarini mobil bank terminallari bilan ta’minlash kabi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi SHuningdek chora-tadbirlar kompleksida qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari berish amaliyotini kengaytirish (22,1 milliard so‘m) hamda qishloq aholisiga, ayniqsa mebel, elektrmaishiy va boshqa uy-ro‘zg‘or tovarlari uchun taqdim etiladigan iste’mol kreditlari hajmini ko‘paytirish nazarda tutilgan. Viloyatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turizm xizmatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan Urgut tumanida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida "Qoratepa" QFYda turistlar dam olishi uchun savdo va maishiy xizmatlar infratuzilma ob’ektlarni o‘z ichiga olgan dam olish maskani, "Ming archa" dam olish maskanini rekonstruksiya qilish, "Omon-qo‘ton" qishlog‘ida hududida turistlar uchun dam olish kotejlari va lager tashkil etish, Pastdarg‘om tumanida mehmonxona va Oqdaryo tumani hududida Milliy avtomagistral bo‘yida turistlar uchun kemping tashkil etish belgilangan. Download 4.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling