Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

X avlod 
X avlod. (Generation X) “Tug‘ilish etishmovchilik” davridan keyin tug‘ilish 
ko‘rsatkichi keskin oshib ketdi, bu esa 1965 va 1976 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 49 
milliondan ortiq insondan tashkil topgan boshqa avlodni dunyoga kelishiga sabab 
bo‘ldi. Bu ta’limot muallifi Duglas Kouplend ularni X avlod (Generation X) deb 
10
Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p 


74 
ataydi, chunki ular demografik portlash soyasida dunyoga kelishgan va ularning bir-
biridan ajratib turuvchi jihatlari yo‘q. 
Ayrim vaziyatlarda X avlod o‘zidan oldingi demografik portlash avlodiga va 
o‘zidan keyingi Milleniallarga nisbatan unchalik sezilarli bo‘lmagan iste’molchilar 
guruhini tashkil etadi. SHunga qaramasdan, ular doim muvaffaqiyatga erishish uchun 
harakat qilishadi, boshqa guruh a’zolariga nisbatan kamroq boylik orttirishga 
tirishishadi; ular xarid qilingan narsani emas, balki tajribani ko‘proq qadrlashadi. 
Aksariyat X avlod vakillari uchun oila – farzandlari hamda qari ota-onalari – 
muhimligi bo‘yicha birinchi o‘rinda, karera esa ikkinchi o‘rinda turadi. Marketing 
nuqtai nazaridan olganda, X avlod vakillari hamma narsaga shubha bilan qarashadi. 
Biror narsani xarid qilishdan oldin, ular mahsulotni yaxshilab o‘rganib chiqishadi, 
ularga miqdordan ko‘ra sifatni afzal ko‘rishadi va qoida hamda an’analarga zid 
bo‘lgan marketing xiylalarigauchishmaydi. 
Internet asrida birinchilardan bo‘lib ulg‘aygan X avlod vakillari yangi 
texnologiyalarning foydali tomonlarini tezda o‘rganib oluvchi yuqori-
kommunikatsiyalarni o‘zida aks ettirgan avlod hisoblanadi. Bu avlod vakillarining 
taxminan 40 foizi smartfonlardan va 11 foizi planshetlardan foydalanishadi. 
Internetdagi X avlod vakillarining 74 foizi Internetdan bank xizmatlari uchun, 72 
foizi Internetdan o‘z ilmiy ishlari uchun, 72 foizi esa Internetdan kompaniya va 
mahsulotlar izlanishlari uchun foydalanishadi va yana 81 foizi Internetda xaridlarni 
amalga oshirishgan. Ularning to‘qson besh foizidan ko‘prog‘i Facebook ijtimoiy 
tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega. 
X avlod vakillari ulg‘ayishdi va endi ular boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishadi. 
Ular turmush demografik portlash vakillarining hayot tarzi, madaniyati va 
qadriyatlarini borgan sari chetga chiqarishmoqda. Ular karera pillapoyasida yuqoriga 
qarab harakat qilishmoqda va ularning ko‘pchiligi kattalashib borayotgan oilaning 
boshlig‘i hisoblanishadi. Ular hozirgi kungacha bo‘lgan avlodlar orasida eng 
o‘qimishli hisoblanishadi va juda yuqori yillik xarid qobiliyatiga egadirlar. Ular 
o‘rtacha xarajatlarga nisbatan uy xarajatlariga 62 foiz, kiyim-kechakka 50 foiz va 
ko‘ngilochar xizmatlarga 27 foizdan ko‘proq xarajat qilishadi. Lekin X avlod 
vakillari demografik portlash davri 
vakillari kabi ortib borayotgan iqtisodiy 
bosimga 
duch 
kelishmoqda. 
Bu 
kunlarda hamma qatorida ular ham 
ehtiyotkorlik bilan xarajat qilishmoqda. 
SHunga qaramasdan, ko‘pgina 
brend va tashkilotlar o‘z diqqatini 
bunday katta potensialga ega X avlod 
vakillariga qaratgan. Misol uchun


75 
Dairy Queen firmasi o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri X avlod vakillariga 
qaratgan, bunda kompaniyaning marketing shiorlari bu avlod vakillari oilaviy holati 
va hazil-mutoyibani tushunishiga mos ravishda tanlangan.

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling