O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

14
 
Янченюк Е. Глобализация мировой экономики: объективные тенденции и субъективные 
факторы. //Журнал международного права и международных отношений. 2010. № 3
http://evolutio.info/content/view/1729/232/
 


23 
hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid 
qobiliyati pariteti (XQP) bo‗yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi. 
Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu 
milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi 
dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya 
bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni 
hatlab o‗tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va 
mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng 
avvalo global iqtisodiyot bilan bog‗langan. 
Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib ko‗rilsa, uning hajmi jahon 
iqtisodiyotidan bir necha marta kam bo‗ladi. Bu shuning uchun ro‗y beradiki
jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 %ini ishlab 
chiqaruvchi YaIM hajmi bo‗yicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi 
bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bo‗lgan talab va 
taklifga yo‗nalgan bo‗ladi. Masalan, Rossiyada import, tovarlar va xizmatlar 
iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi, 
mamlakatda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 16-18% eksportga yo‗naltiriladi, to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiyalar oqimi 
Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qo‗yilmalar hajmiga eng ko‗pi bilan 16% 
(ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qo‗shadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha 
ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga ko‗ra ish joylarining 10 %ga 
yaqinini tashkil qiladi. AQSH va Xitoyda ushbu ko‗rsatkichlar bundan yuqori emas. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko‗p jihatan global muammolar 
tushunchasi bilan bog‗liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko‗p 
murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining
miqyosi va ahamiyatiga ko‗ra global muammolar nomini oldi.
XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada 
ishlatilishiga o‗tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi 
intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda 
ko‗rila boshladi.


24 
Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo‗lib birinchi o‗rinda 
insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir 
kun kelib butun planetaga o‗z ta‘sirini o‗tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi 
bo‗ldi. 
Global muammolarni o‗rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni 
bo‗yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan 
tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo‗lmish – Rim klubi alohida o‗rin 
egallaydi.
Rim klubi a‘zolari o‗z oldilariga ikkita maqsadni qo‗yadi: 
birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash,
ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf 
etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish.
Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo‗ldi va ularda mashhur 
olimlar global muammolarni hal etishning turli yo‗llarini yoritgan edilar.
Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo‗lib, umumjahon rivojlanishini 
matematik modelga qo‗yish bo‗ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari 
bo‗lgan aholi, kapital qo‗yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof 
muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan 
edi.
Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu 
ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini 
yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan.
Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy 
sabablardan biri bo‗lib, odamlar hayotining har jihatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazib bo‗lgan
ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo‗ladi.
Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar 
insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham 
berdi. 
Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf 
soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan 


25 
birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash 
mumkin.
Global muammolar, o‗z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof 
muhit o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar: 
birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar 
manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi; 
ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga 
sabab bo‗luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga 
ham xavf soluvchi; 
uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni
barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi 
muammolardir. 
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:

rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi; 

tinchlik va qurolsizlanish muammosi; 

ekologik muammolar; 

energetik muammolar; 

xom - ashyo muammosi; 

gumanitar muammolar; 

oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling