O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 Xom - ashyo muammosi. 
Energetik muammo va undan keyingi chuqurlashgan xom - ashyo muammosi 
yoqilg‗i va xom - ashyoga bo‗lgan talab va taklif nisbati bilangina belgilanmasdan 
balki ularni qazib chiqarish sharoitlari, xom - ashyo qazib olinayotgan va u birlamchi 
qayta ishlanayotgan hududlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan ham 
bog‗langandir. 
Global muammolarni hal qilishning asosiy yo‗nalishi bo‗lib o‗sish chegarasini 
aniqlash, planetaning resurslarini oqilona foydalanishga o‗rganish, qayta tiklash 
imkonsiz yoki qiyin bo‗lgan resurslarni tejab ishlatishdan iborat.
16
Сергеев П.А. Проблемы мировой энергетической безопасности. //Мировая экономика и 
международные экономические отношения. 2007. №12. С. 15-24. 


30 
Resurslarni saqlash muammosi ularni ratsional ishlatish va insoniyatga
optimal va to‗g‗ri taqsimlanish zaruriyatini ko‗rsatadi. Chunki buning orqasidan 
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelib, ularning hal etish yo‗li 
to‗g‗ridan - to‗g‗ri atrof muhit bilan hal etish lozimligi bilan ham belgilanadi.
Gumanitar muammolar. 
Bugungi kunda gumanitar muammolar asosiy va jiddiy masalalardan bo‗lib 
ko‗rinmoqda. Hozirda bir milliard aholi o‗ta qashshoqlikda va ochlikda yashashini 
hamda 4,8 milliard aholi zamonaviy tibbiyot xizmatlaridan mahrumligi, bir yarim 
milliard aholi munosib yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli xoldir. 
Rivojlanayotgan davlatlarning aholisi o‗z daromadlarining 90 foizini oziq - ovqat 
xarajatlari uchun sarflaydi, ammo bu ularga normal oziq - ovqat bilan ta‘minlashga 
yetmaydi, oddiy amerikalik esa daromadining 20 foizini oziq - ovqatga xarajat qiladi 
va bu u uchun yetarli hisoblanadi.
Bu muammo ko‗rinishidan yuzaki bo‗lgani bilan, chuqur muammolardan 
biridir. Kambag‗allik hukm surgan rivojlanayotgan davlatlarda OITS, gepatit, saraton 
(rak) kabi kasalliklar asosiy muammolardan biriga aylanmoqda. To‗g‗ri, hozirda 
rivojlangan davlatlar tomonidan gumanitar yordamlar ko‗rsatilmoqda, ammo bu 
yordamlar yetarli darajada bo‗lmayapti.
Juda jiddiy muammolardan biriga hozirgi kunda ichimlik suvi muammosi ham 
aylanib bormoqda. Chunki ichimlik suvining umumiy zahirasi barcha mavjud 
suvlarning atiga 3 foizini tashkil etadi.
Oziq- ovqat muammosi. 
Global oziq - ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri 
hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davlatlarda ham, o‗rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda 
ham insonlarni boshiga tushgan eng katta muammodir.
Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo‗ladi. Birinchi shaklda ocharchilik 
surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning ahvoli yomonlashadi, tinkasi 
quriydi va xavfli kasalliklarga chalinish ehtimolligi kuchayadi. Ocharchilikning bu 
shakli to‗yib ovqat yemaslik deb nomlanadi.


31 
Ikkinchi shaklda ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir hududda qurg‗oqchilik yoki 
boshqa bir sabablar bilan bog‗liq bo‗lgan ocharchilik oqibatida millionlab insonlar 
halok bo‗ladi.
Insonning bir kunlik oziq - ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo‗lmasligi 
lozim. Ovqat to‗yib yemaslik holati 1800 kkaldan tushgan paytda sezila boshlaydi. 
Ocharchilik esa ushbu ko‗rsatkich 1000 kkaldan kam bo‗lganda kuzatiladi.
G‗arbda yashovchi 1,2 mlrd. kishi organizmlari talab qiladigandan ko‗proq 
oziq-ovqat iste‘mol qiladilar. Masalan, AQSHda ortiqcha ovqatlanish oqibatlarini 
bartaraf etish uchun har yili 100 mlrd. AQSH doll. dan ko‗proq mablag‗ sarflanadi. 
AQSH, Fransiya, Belgiya va Avstriyada eng ko‗p reklama qilinadigan tovarlar oziq-
ovqatlar hisoblanadi. Har ikki AQSH fuqarosining biri (aholining 55 foizi) ortiqcha 
vaznga ega. 
BMT Bosh Assambleyasining 55 - maxsus sessiyasi - Ming yiilik sammiti 
(2000 yil, 6-8 sentyabr) arafasida tayyorlangan ma‘ruza BMTning globallashtirish 
davridagi roliga bag‗ishlangan. Bosh kotib o‗zining ―Biz, xalqlar: XXI asrda 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli‖ ma‘ruzasida insoniyat oldida turgan 
muammolar obzorini taqdim etdi va ularni amaliy hal etishni tavsiya etdi. Ushbu 
xujjat ―Ming yillik ma‘ruzasi‖ nomi bilan mashhur bo‗lib, ma‘ruzada Bosh kotib 
globallashtirish hammaga foydasi tegishi uchun bo‗ysundirishga yo‗naltirilgan 
xarakatlar rejasini tavsiya etdi.
Hozirda bir milliardga yaqin aholi o‗ta qashshoqlikda yashamoqda. Ushbu 
muammoni bartaraf etish asosiy masalardan biri bo‗lib qolmoqda. Shu sababli 2000 
yilgi BMT ning Ming yillik uchun rejalar Sammitida ushbu muammoga qarshi 
kurashish deklaratsiyasi qabul qilindi.
Natijada, global muammolar dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
rivojlanishning asosiy tendensiyalari bilan bog‗liqdir. Ma‘lumki ushbu muammolarni 
hal qilishga hozirda turli tashkilotlar hamda davlatlar katta miqdorda mablag‗ 
ajratishgan va ajratishmoqda.
Globallashuvning foydasi ko‗z oldimizda: yanada tezkor iqtisodiy o‗sish, 
yanada yuksak turmush darajasi, yangi imkoniyatlar. Biroq bu jarayonda, allaqachon 


32 
salbiy ta‘sir o‗zini namoyon etmoqda, chunki bu foydalar haddan tashqari notekis 
taqsimlanayapti, chunki hozirga qadar global bozor hamjihatlikdagi ijtimoiy 
maqsadlarga asoslangan qoidalarga amal qilmaydi 
17

1945 yilda BMT asoschilari xalqaro dunyoning ochiq va hamkorlikga 
assolangan tizimini yaratgan edilar. Bu tizim o‗z vazifalarini bajarayapti va 
globallashuvni hayotiy haqiqatga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish 
Maqsadlari (MRM) ning ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi. MRM 2015 yilgacha 
amalga oshirilishi zarur bo‗lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‗rsatkichni o‗z ichiga 
oladi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro 
tashkilotlarning maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari 
Mingyillik Deklaratsiyasida ko‗rsatib o‗tilgan maqsadlarga erishishning asosiy 
mexanizmi sanaladi. 
O‗zbekistonning MRM ga erishish yo‗lida olib borayotgan harakatlari taxsinga 
loyiq. Zero mamlakatda buning uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar mavjud. 
Ijtimoiy yo‗naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli 
tajribaga ega bo‗lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko‗p 
sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan hamkorlik aloqalari shular 
jumlasidandir. 
2.1 - jadval 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling