O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Milliy iqtisodiyot globallashuvining ko„rsatkichlari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

4.5. Milliy iqtisodiyot globallashuvining ko„rsatkichlari 
Milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga ochilishi ular tashqi iqtisodiy 
faoliyatining barcha shakllari bo‗yicha kuzatiladi. Milliy iqtisodiyotning globallashuv 
ko‗rsatkichlari bundan dalolat beradi va ularning eng qisqa to‗plami taxminan 
quyidagicha ko‗rinishga ega: 


80 
- tashqi savdoda – bu eksport kvotasi va import boj tarifi. Birinchi indikator 
eksportga yo‗naltirilgan mahsulotning mamlakatda ishlab chiqarilayotgan barcha 
mahsulotga bo‗lgan nisbatini tavsiflaydi va milliy hisoblar tizimidan olinadi. 
Soddalashtirilgan ko‗rinishda u eksportning XQP bo‗yicha YaIM (YaMD)ga nisbati 
sifatida hisoblanadi (tovarlar va xizmatlar jahon narxlari bo‗yicha eksport qilinadi va 
shuning uchun ularni jahon narxlarida qayta hisoblangan YaIM (YaMD) bilan o‗zaro 
bog‗lanishini aniqlash zarur), biroq uni milliy hisoblar tizimidan olgan ma‘qul (2018- 
yil yakunlariga ko‗ra, O‗zbekiston Respublikada tashqi savdo aylanmasi 33 815,3 
mln. AQSH dollarini tashkil etib, o‗tgan yilning shu davriga nisbatan 27,3 %ga o‗sdi. 
Shu jumladan, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o‗sish sur‘ati 13,6 %) va 
import hajmi 19 557,4 mln. AQSH dollariga (o‗sish sur‘ati 39,6 %) etdi. Tashqi 
savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Ikkinchi indikator 
milliy bozorlarning chet ellik raqobatchilar uchun ochiqligini tavsiflaydi; 
- xalqaro bilimlar savdosida (ayirboshlashda) – bu bilimlar savdosi va YaIM 
hajmi o‗rtasidagi o‗sib boruvchi o‗zaro nisbatdir. Xususan, mamlakatga royalti va 
litsenziyalar eksporti va importi hamda uning YaIM (YaMD) o‗rtasidagi o‗zaro 
nisbat bundan dalolat beradi. U foizning ulushlari ko‗rinishida hisoblansada, shunga 
qaramay u ahvolni yaqqol ko‗rsatadi: AQSHda 2013- yilda royalti va litsenziyalar 
eksporti va importining XQP bo‗yicha hisoblangan YaMDga o‗zaro nisbati 0,75% va 
0,23%ni tashkil qilar edi, Yaponiyada – 0,67% va 0,37%, Xitoyda esa – 0,005% va 
0,13%ga teng; 
- milliy iqtisodiyot uchun xorijiy kapitalning ahamiyati to‗g‗risida qator 
ko‗rsatkichlar, shu jumladan, xorijiy kapitalning kirib kelishi va YaIM o‗rtasidagi, 
shuningdek to‗g‗ridan- to‗g‗ri investitsiyalarning kirib kelishi va mamlakat ichida 
kapital qo‗yilmalar hajmi o‗rtasidagi (bu erda barcha to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalar 
ushbu kapital qo‗yilmalarning tarkibiy qismiga aylanishi nazarda tutiladi) o‗zaro 
nisbat ma‘lumot beradi. Shuni aytib o‗tamizki, ushbu o‗zaro nisbat retsessiya va sust 
kon‘yunktura davrida keskin pasayadi; 


81 
4.5-jadval 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling