O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Xalqaro reyting va indekslarda O„zbekiston Respublikasining o„rnini


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 
4.6. Xalqaro reyting va indekslarda O„zbekiston Respublikasining o„rnini 
yaxshilash 
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O‗zbekiston 
Respublikasining mavqeini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning 
faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini 
yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda 
amalga oshirish maqsadadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 
7- martdagi PF-8756-sonli Farmoni ―Xalqaro reyting va indekslarda O‗zbekiston 
Respublikasining 
o‗rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish 
to‗g‗risida‖ qabul qilindi. 
Farmonda: 
- xalqaro reyting va indekslarning ma‘lumot bazalaridan foydalanish, zarur 
axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi O‗zbekiston 
Respublikasining o‗rnini yaxshilash bo‗yicha xalqaro reyting agentliklari hamda 
xalqaro ekspert, maslahatchi va mutaxassislarni jalb kilish;
- xalqaro ekspert, maslahatchi va mutaxassislar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlash, 
ularni respublikaga taklif qilish va olib borilayotgan islohotlar ko‗lami bilan yaqindan 
tanishtish, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirok etishi, davra 
suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtish belgilangan. 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida Xalqaro reyting va 
indekslar bilan ishlash boshqarmasi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli 
ko‗rsatkichlarga erishish uchun ustuvor yo‗nalishlarni belgilash va amalga 
oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish yuklatilgan. 
Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‗oyalar, ishlanmalar va 
texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 
yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini izchil ta‘minlash 


85 
maqsadida 2019-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish 
strategiyasini tasdiqlash to‗g‗risida 2018- yil 21- sentyabrda, PF-5544-sonli Farmoni 
qabul qilindi. Farmonda Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifasi 
sifatida mamlakatimizning 2030- yilga borib Global innovatsion indeks reytingi 
bo‗yicha jahonning 50 ilg‗or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan. 
Ekologik xavfsizlik, energiya samaradorligi va resurs tejamkorligining yuqori 
darajasi tegishli innovatsion talabni shakllantirishni taqozo etmoqda. Muammoning 
ushbu jihati qator xalqaro reytinglar ham tasdiqlaydi, jumladan ulardan eng 
nufuzlilaridan biri – Sof texnologiyalar global indeksi (The Global Cleantech 
Innovation Index). Mazkur indeksni shakllantirishda atrof muhitni muhofaza qilish 
sohasida innovatsiyalar bilan shug‗ullanuvchi kompaniyalar qaysi mamlakatlarda eng 
faol harakat qilishi va ularning mahsuloti qanday qilib bozorda o‗z o‗rnini topishi 
masalasini tadqiq qiladi. 
 
Tayanch so„zlar: Indikator, barqaror iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy indikator, 
ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish, iste‘mol xarakterini o‗zgarish, moliyaviy resurs va 
mexanizmlar, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, tashqi savdo, ilmiy-tadqiqot va 
tajriba konstruktorlik ishlari, transmilliylashuv, indeks, taraqqiyot, inson omili
tahdid. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling