O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Iqtisodiy ittifoq - iqtisodiy integratsiyaning oliy ko‗rinishi bo‗lib, u umumiy 
huquqiy me‘yorlar, soliq bazasini soddalashtirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
sohalarda yagona standartlarni joriy etish, yagona valyutaga o‗tish kabilar bilan 
tavsiflanadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) - tashkilotga 10 ta davlat: Turkiya, 
Eron, Pokiston (1985), Afg‗oniston, Ozarbayjon, Qozog‗iston, O‗zbekiston, 
Turkmaniston. Qirg‗iziston, Tojikiston (1992) a‘zo bo‗lib, maqsad mamlakatlar 
o‗rtasida fan va texnika, qishloq xo‗jaligi aloqalarini rivojlantirish. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) - tashkilot 1961 yilda 
AQSH tashabbusi bilan mamlakatlarning yagona iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va 
nazorat qilish maqsadida tuzilgan. Uning a‘zolari AQSH, Yaponiya, Kanada, 
Avstraliya, Yangi Zelandiya, YIga kiruvchi 15 mamlakat, shuningdek, Islandiya, 
Norvegiya, Shveysariya, Turkiya hisoblanadi. Tashkilot quyidagi muammolarni: 
jahon iqtisodiyotini ahvoli va kelajagi, rivojlanish yo‗llari, xalqaro savdoni 
erkinlashtirish va tartibga solish masalalarini, sanoati rivojlangan mamlakatlar hamdo 
bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan yangi davlatlar bilan bo‗ladigan o‗zaro 
munosabatlarni o‗rganadi va hal etadi.


141 
Kartel - tashqi savdo assotsiatsiyasi (uning a‘zolari alohida tovarlar guruhi 
bo‗yicha ishlab chiqarish va narx siyosatini muvofiqlashtirib olishadi). 
Kvotalash - davlat tomonidan eksport va importning qiymat va jismoniy 
hajmini to‗g‗ridan-to‗g‗ri cheklash siyosati . 
Kliring - qarama-qarshi tovar oqimlarida valyutadan foydalanmasdan 
(naqdsiz) vositachi orqali o‗zaro hisob-kitobni nazarda tutuvchi savdo operatsiyasi. 
KOKOM - 1950 yilning 1 yanvarida tuzilgan. KOKOM ko‗p tomonlama 
eksport nazoratining muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) komitet hisoblanib, unga 
jahonning 16 davlati. NATOning 15 a‘zosi (Islanidiyadan tashqari) va Yaponiya 
a‘zodir. Vazifasi: sobiq SSSR va sotsialistik davlatlarga strategik tovarlarni sotmaslik 
ustidan nazoratni olib borishdir. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.
Konversiya - harbiy sanoat kompleksi korxonalarini fuqarolarga mo‗ljallangan 
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‗tkazish jarayoni.
Konvertirlangan (erkin almashtiriladigan) valyuta - har qanday xorijiy 
mamlakatlariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‗lgan 
valyutalar (AQSH, Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO, Yaponiya 
iyenasi). 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling