O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
5.3. Zamonaviy raqobat strategiyalari
Firmaning ma‘lum bir bozor segmentlariga xizmat ko‗rsatishga moslashib olishi qoidaga ko‗ra boshqa bozor segmentlarini yo‗qotish yoki ularda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi. Shunga asosan quyidagi raqobat strategiyalaridan biri belgilab beriladi: Cheklangan raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat. Lokal raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal) hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. Ushbu strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar samarali asbob-uskunalar, ilmiy- texnik loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo‗lmaydi. Yangilik kirituvchi raqobat strategiyasi — tubdan o‗zgartirish va yangiliklar kiritishga yo‗naltirilgan strate¬giya. Ushbu tavakkalchilik yuqori bo‗lgan biznes bilan shug‗ullanuvchi firmalarni ko‗pincha «ilk qaldirg‗ochlar» deb atashadi. Differentsiatsiyalanish — kompaniyalarning bozorda egallagan o‗rinlarini ajratib (chegaralab) olish jarayonidir. Keskin kurashga kirishib ketmaslik uchun firmalar bitta o‗rinni egallamaslikka harakat qiladilar. Ularning har biri raqobatchilar tovarlaridan bir oz farq qiluvchi tovarlar ishlab chiqaradi va bozorda o‗z segmentini egallaydi. Nima sababdan xaridor aynan shu mahsulotni tanlab oladi? Bunda u qaysi 49 mezonlarga amal qiladi? Uni ma‘lum bir tovar yoki xizmatni tanlashga qanday qilib ko‗ndirish mumkin? Shu kabi savollar har bir firmaning tijorat faoliyatida asosiy rolь o‗ynaydi. Butun bozor iqtisodiyoti uchun esa bu savollar ushbu mamlakatda qaysi tovarlar ishlab chiqariladi degan savol bilan bir xil kuchga ega hisoblanadi. Bu savollarning javoblari raqobatbardoshlik tushunchasi bilan bog‗liq. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling