O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning


Download 0.73 Mb.
bet153/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

11.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning
iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va
uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori
bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir.
Kam xarajat hisobiga yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes
kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat


ko’rsatish sohasi va uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini


o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning
ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal
rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat
ko’rsatish sohasini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini
oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning
natijasi quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
- kichik biznesning mamlakatimiz YaIMdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga
yetganligi;
- ish bilan band xodimlar pul daromadlarining 70 foizi aynan kichik biznes
sohasida shakllanayotganligi;
- kichik biznes korxonalarining mamlakat eksportidagi ulushi 2009 yilda 14,3
foizga yetganligi va h.k.
Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularni kreditlash
hajmining oshishi sohani rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 2009 yilda
sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun
yagona soliq to’lovi stavkasining 8 foizdan 7 foizga tushirilishi natijasida 23,6
mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ mazkur korxonalar ixtiyorida qoldirildi.
Shu yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 850 mlrd.
so’mdan ortiq kreditlar ajratildi (11.1.2-rasm). Bu 2001 yildagiga nisbatan qariyib
11 marta, 2005 yildagiga nisbatan 4 marta ko’p.
Kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlarning 462 mlrd. so’mi
«Mikrokreditbank» hissasiga to’g’ri keldi. Soha rivoji uchun shu yili Osiyo
taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki (KfV), XXR
Hukumati va boshqa xorijiy investorlar mablag’lari hisobidan jami 121,8 mln. doll.
yoki 2008 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortiq kredit resurslari jalb etildi.
2010 yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida
chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida
faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7
foizga tushirilgan bo’lsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik
biznes korxonalari uchun joriy etildi.
Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog’liq ravishda kichik biznes
subyektlari quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:
- 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish
tashkilotlari soliqlarning barcha turlari va ayrim majburiy ajratmalarni to’lashdan
ozod qilingan;





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling