O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Mulkning butligini ta’minlash. Bu funktsiya buxgalteriya hisobi tizimini 
takomillashtirish va uning nazorat funktsiyasini kuchaytirish bilan chambarchas 
bog‘liq. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mulkning butligini ta’minlash, 
turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning 
uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-
o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funktsiyani amalga 
oshirishning asosiy omili bo‘lib, o‘z vaqtida va belgilangan tarbida inventarizatsiya 
o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobda aks ettirish hisoblanadi. 
Tahliliy funktsiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona 
moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan 
qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni o‘rganish hamda u orqali 
natijalarni yanada yaxshilash maqsadida ichki–tashqi omillarni izlash jarayonidir. 
Hisob funktsiyasi korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, 
uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir. 
2.2. Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari 
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, 
daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq 


22 
xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya 
hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish 
tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya hisobining 
subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston 
Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston 
Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari, 
filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik 
shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya 
(moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli “Kichik tadbirkorlik 
subyektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotini tuzish 
tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida 
buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling