O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 
Daval xom ashyosi - daval xom ashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni 
qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga - 
qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xom ashyo va 
materiallar.
Buyurtmachi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga 
berayotgan tashkilot;


334 
Qayta ishlovchi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul 
qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib 
beruvchi tashkilot. 
Daval xom ashyosini qayta ishlovchiga berish “Daval xom ashyosini qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xom ashyosini topshirish nakladnoyi” 
bilan rasmiylashtiriladi.
Daval xom ashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida “Daval 
xom ashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xom ashyosini 
hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda 
belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga 
qaytarib berilganda, daval xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning 
haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura hamda “Daval xom 
ashyosini 
qayta 
ishlashdan 
olingan 
mahsulotni 
qabul 
qilish-topshirish 
dalolatnomasi” va “Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib 
beriladi. 
“Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ikki nusxada 
tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi 
nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi.
Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o‘zi qayta ishlashga 
ulgurmayotgan paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash uchun o‘ziga eng 
yaqin joylashgan “Amu paxta tozalash” AJ (qayta ishlovchi) bilan shartnoma 
tuzdi. Daval asosida beriladigan paxta xom-ashyosining qiymati 17 000 000 so‘m. 
“Amu paxta tozalash” AJ daval asosida berilgan paxta xom ashyosining 2 000 000 
so‘m qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval asosida 
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar 
qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartiga ko‘ra daval asosida 
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar 
uchun haq to‘lash taxmnniy smetada ko‘rsatilgan kiymatning 40 % oldin avans 


335 
tariqasida amalga oshiriladi.
43-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling