O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Valyuta kursi — chet el valyutalarining O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki belgilagan so‘mga doir narxi. 
Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini 


229 
saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. 
Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt: 
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar 
va boshqa aktivlarni) chet el valyutasida xarid qiladigan yoki sotadigan; 
b) to‘lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasida 
belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan; 
c) zimmasiga chet el valyutasida majburiyat oladigan yoki uni so‘ndiradigan 
hollarda chet el valyutasida sodir etiladigan bitimlar hisoblanadi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha 
operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi: 
a) 
kassadagi, 
bankdagi 
depozit 
va 
ssuda 
hisobraqamlaridagi, 
akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari, valyutadagi ssuda qarzlari; 
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar; 
c) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar 
va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim 
qilish; 
d) chet el valyutasida bojxona to‘lovlarini amalga oshirish; 
e) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari; 
f) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansning valyuta moddalarini har oyi 
hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida 
Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi. Baholash va kurs 
farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi: 
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag‘lari, 
shu jumladan akkreditivlar; 
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari; 
c) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli 
investitsiyalar; 


230 
d) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar 
va pul qarzlar. 
19-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling