Dastlabki baholashda, konsepsiyani ishlab chiqish bosqichida va innovatsion faoliyat mahsulotini ishlab chiqishning ilk bosqichlarida, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi, texnologik nomativlar noma‘lum bo’lgan, mahsulot tayyorlanadigan materiallar belgilanmagan sharoitlarda faqt taxminiy, yiriklashtirilgan narx belgilash usullari qo’llanishi mumkin, chunonchi:
parametrik usullar;
korrelyasiya va regressiya tahlili usullari.
Parametrik usullar innovatsion mahsulot narxini parametrik qatorni tashkil qiladigan shunga o’xshash mahsulot ko’rsatkichlari va narxlari negizida belgilashga asoslanadi. Parametrik usullarning eng oddiy turlaridan biri tovar narxini mahsulotning bitta asosiy ko’rsatkichi ta‘sirini hisobga olish asosida aniqlash hisoblanadi. Mahsulotning funksional vazifasini belgilab beradigan va uning eng muhim xususiyatini tavsiflaydigan ko’rsatkich asosiy ko’rsatkich deb ataladi. Rn asosiy ko’rsatkichli innovatsion mahsulot narxi quyidagi formula bo’yicha mahsulotning tayanch narxi va Rb ko’rsatkichi tayanch qiymati orqali aniqlanadi:
Sn= SbxRn/Rb,
bu erda Sn va Sb – mos ravishda yangi va tayanch mahsulot narxi.
Asosiy ko’rsatkich usuli juda oddiy, lekin amaliyotda ko’pincha bitta asosiy ko’rsatkichni ajratib ko’rsatish qiyin bo’ladi. SHu sababli ko’pincha funksional bir turdagi, bir xil vazifalarni bajaradigan va bir-biridan faqat texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar hajmi bilangina farq qiladigan mahsulotlar ko’p ko’rsatkichli qatorlari foydalaniladi. Bu hisob-kitoblar aniqligini oshiradi, biroq yangilik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadigan ilmiy hajmdor mahsulotlar uchun bunday parametrik qatorlar mavjud emas.
Innovatsion mahsulot narxi va uning texnik-iqtisodiy tavsifnomalari o’rtasida miqdoriy o’zaro aloqalar o’rnatishning hattoki hisob-kitoblardagi xatoliklarni aniqlashga imkon beradigan yanada aniqroq usuli korrelyasiya va regressiya tahlili
hisoblanadi. Dastlabki bosqichda statistik ma‘lumotlar asosida analog-mahsulotlar uchun o’zaro bog’liq bo’lgan (korrelyasiya qiladigan) ko’rsatkichlar aniqlanadi. So’ngra quyidagi regressiya tenglasmasi ko’rinishida tahliliy bog’liqlik tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |