O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Fizika fanini o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar
Download 7.07 Mb.
|
Асанов Дауран БМИ
1.2. Fizika fanini o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar
Respublikamiz mustaqillikka erishgach barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasida ham tub islohotlarni amalga oshirish masalasi qo’yildi. Bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar “kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “ta’lim to’g’risida”gi qonunda to’liq o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv, bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish kabilar belgilangan. Hozirgi vaqtda barcha sohalar singari ta’lim jarayonida ham yuqori sifat va samaradorlikka erishish uchun innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davr talabiga aylandi. Bu holat ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan barcha o’qituvchilardan zamonaviy o’qitish prinsiplari va qonuniyatlarini, o’qitish jarayonining yaxlitligi va tizimliligi prinsipini, ularning kasbiy pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarga javob berishini, ta’lim oluvchilar shaxsiga yo’naltirilgan o’qitish jarayonini tashkil eta olishini hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda mazkur jarayonni takomillashtirish yollarini bilishligini talab etadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimidagi barcha fanlar qatori, fizika va astronomiyani o’qitishda ham professor- o’qituvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: Oliy ta’lim tizimida fizika va astronomiyani o’qitishda qo’llaniladigan yondoshuvlar va tendensiyalarni bilishi; Fizika va astronomiya ta’limi mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi hamda izchilligini ta’minlash muammolarini anglashi; O’qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va talabalar ongiga etkazish yo’llarini tushunishi; Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika va astronomiyani o’qitish oldidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish bo’yicha tushunchalarga egaligi; Fizika va astronomiyani o’qitishga tizimli yondoshuv, mashg’ulotlar va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish yo’llarini bilishi; Talabalarning mustaqil ishlari va ta’limini tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqotlarga yo’naltirishni taminlashi; Fizika va astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan uyg’unlashtirilgan holda foydalanish malakasiga ega bo’lishi lozim.7 Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. “Innovasion pedagogika” termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar 20- asrning 60-yillarida G’arbiy Evropa va AQSHda paydo bo’lgan. Axborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan 21- asrga kelib, ta’lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e’tibor yanada kuchaytirildi. “Innovatsiya” so’zi lug’aviy jihatdan ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Ta’lim innovatsiyalari “Innovasion ta’lim” deb ham nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko’ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O’qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a undovchi, bunyodkorlikka rag’batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o’qituvchi innovatsiytalarning mohiyatini to’la tushungan holda o’z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur. Zamonaviy sharoitda talabalarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o’qitish, blended learning (aralash o’qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o’yinlardan samarali foydalanilmoqda. Ta’lim amaliyotida qo’llaniladigan amaliy o’yinlar o’z-o’zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko’p holatlarda “didaktik o’yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o’yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o’qish bilan birga o’yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinlar vositasida katta avlod tomonidan to’plangan hayotiy tajriba, o’zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O’yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o’yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo’lib kelmoqda. Bevosita o’yinlar o’quvchilarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o’yinlar o’yin texnologiyalari deb nomlanadi. Muammoli o’qitish takomillashgan o’qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi samarali o’qitish texnologiyasi muammoli ta’limdir. Muammoli ta’lim – talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim hisoblanadi. Ta’lim tizimida muammoli ma’ruza muammoli ta’limda eng ko’p qo’llaniladigan o’qitish shakli sanaladi. Muammoli ma’ruza – o’qituvchi tomonidan talabani muammoli vaziyat, muammoli masalani hal etishga yo’naltirish orqali unda bilish faolliyatini oshirishga yo’naltirilgan ma’ruza hisoblanadi. Interfaol ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li sifatida e’tirof etilayotgan ta’lim turi va o’qitish shakli sanaladi. Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o’zaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lidagi o’zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim hisoblanadi. Interfaol ta’lim texnologiyalarni qo’llash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:8 - guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash; - tengdoshlari orasida o’z g’oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to’siqlarsiz namoyish etish; - muammoni hal qilishga ijodiy yondashish; - guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish; - o’z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to’liq namoyon qila olish; - fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash; - o’z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash; - o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish; - turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko’nikmalarini o’zlashtirish. Interfaol ta’lim bevosita interfaol metodlari yordamida tashkil etiladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ba’zi interfaol metodlarni ko’rib chiqamiz. Download 7.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling