O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-rasm. Soliq tizimining interaktiv xizmatlari


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

4.5.3-rasm. Soliq tizimining interaktiv xizmatlari 
 
O‘z-o‘zini tekshirish uchu savollar 
1. Soliq tushunchasi nima? 
2. Soliqning qanday belgilari bor 
va nima deb ta‘rif beriladi? 
3. Soliqqa tortish tizimi tushunchasi nimani ifodalaydi? 
4. Tizimning qanday elementlari mavjud? 
5. Soliq tizimini avtomatlashtirish nimadan iborat? 
6. O‘zbekistonda soliq tizimini avtomatlashtirish uchun qanday qonunlar qabul 
qilingan? 
7. Soliq tizimida internetning o‘rni va ahamiyati? 


292 
 
4.6. G‗aznachilikdagi axborot komplekslari va texnologiyalari 
 
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag‘larining 
kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, 
ulardan maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag‘larning oxirgi oluvchiga 
etib borguncha bo‘lgan vaqtning uzoqligi, turli darajadagi byudjetlarning 
bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o‘zaro aloqaning sustligi kabilarni 
ko‘rsatadi. 1993 yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yuz 
berayotgan va islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari 
oldiga kelgusi istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi: 

byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq 
organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish; 

byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig‘imini oshirish soliq yig‘ish 
va uning to‘liqligini ta‘minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga 
ko‘paytirish; 

mablag‘larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy 
himoyalanadigan qatlamlarni byudjetning barcha darajalari bilan o‘z vaqtida va 
to‘liq moliyalashni ta‘minlashga yo‘naltirish; 

davlatning qimmatli qog‘ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari 
uzoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb 
etish, bozor geografiyasini kengaytirish; 

valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy 
valyutani mustahkamlash. 
Bu masalalarni hal qilish uchun ―O‘zbekiston Respublikasining 
g‘aznachiligi haqida Nizom‖ ishlab chiqildi (2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi 
hukumati tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g‘aznachilik tashkil 
etish haqida qaror qabul qilindi. 
G‘aznachilik – davlatning maxsus moliyaviy organi bo‘lib, uning 


293 
funktsiyasiga quyidagilar kiradi: 

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tashkil etish, amalga oshirish 
va bajarilishini nazorat qilish, yagona g‘azna tamoyilidan kelib chiqib, banklardagi 
g‘aznachilik hisobraqamlaridagi kirimlar (foyda) va xarajatlarni boshqarish. 

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar orasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, bu 
jamg‘armalarning moliyaviy bajarilishi, byudjetdan tashqari mablag‘larning kelib 
tushishi va undan foydalanishni nazorat qilish. 

Davlatning moliyaviy resurslari hajmini qisqa muddatga bashoratlash 
hamda davlat xarajatlarining belgilangan mos keluvchi davri doirasida ushbu 
resurslarni boshqarish. 

Davlatning yuqori qonunchilik va ijroiya organlari (idoralari) va O‘zR 
boshqaruvining O‘zR Hukumatining davlat moliyasi, davlat byudjet bo‘yicha, 
byudjetdan tashqari jamg‘armalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi byudjet 
tizimining ahvoli haqidagi axborot va hisobotlarini yig‘ish, ishlov berish va tahlil 
qilish. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vakolatli banklar bilan 
hamkorlikda O‘zRning davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va xizmat 
ko‘rsatish. G‘aznachilik tasarrufidagi davlat hokimiyati idoralari, boshqarmalar, 
korxonalar, muassasa va tashkilotlarga davlat mablag‘larini davlatning (davlat) 
byudjetdan tashqari mablag‘lari va b.ga taqsimlovchi tashkilotlarni ham qo‘shgan 
holda hisobot operatsiyalarini yuritish tartiblarini, ularga doir uslubiy va ko‘rsatma 
materiallarni ishlab chiqish. 
Qyida g‘aznachilik organlari tizimi orqali korxona va tashkilotlarni davlat 
byudjetdan moliyalashtirishda pul mablag‘lari va hujjatlarning harakatlanish 
chizmasi.


294 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling