O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Bank deganda nimani tushinasiz? 
2. Bank tizimida avtomatlashritish nimalardan iborat? 
3. O‘zbekiston banklarning ADT larini ishlash texnologiyasini aytib 
bering? 
4. Internet banking o‘zi nima? 
5. Bank tizimida xavfsizligini ta‘minlash nimalardan iborat? 
6. Mobil bankingni ishlash texnologiyasini qanday ishlaydi? 
 
4.2. Menejment sohasi axborot komplekslari. CSRP va BPM tizimlarining 
ishlash texnologiyalari 
 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli tarixiy davrlarida muvaffaqiyatli 
tadbirkorlik faoliyatiga erishishda zarur bo‗lgan uslubiyotlar o‗zgarib boruvchanlik 
xarakteriga ega. Jumladan, agrar rivojlanishdagi iqtisodiy faoliyat oziq-ovqat 
etishtirish bilan bog‗liq bo‗lib er va mehnat asosiy resurs sifatida ahmiyatli bo‗lsa, 


191 
sanoat rivojlanishining asosi esa kapital talab qiluvchi texnologiyalardan 
foydalanish bilan qayta ishlov beriladigan yirik material va mahsulot ishlab 
chiqarish oqimlari bilan belgilanadi. Jamiyatni axborot va ilmiy ishlanmalar talab 
etuvchi innovatsion texnologiyalarga o‗tishi ilgari unchalik ahamiyat berilmagan 
axborot resurslarini faoliyatga kiritib, ishchi-xodim malakasiga qo‗yiladigan 
talablarda yangicha yondashuvlarni yuzaga keltirdi. Axborotlashgan jamiyatda 
turli ko‗rinishdagi ishlab chiqarishni samarali boshqarish uchun axborotlar ishlab 
chiqarish va foydalanish asosiy iqtisodiy faoliyat hisoblanadi.
Hozirgi kunda har qanday iqtisodiy faoliyat sohasini nafaqat mahsulot va 
xizmatlar ishlab chiqarish uchun mo‗ljallangan ishlab chiqarish va servis 
texnologiyalari, balki boshqaruv, ishlab chiqarish, ta‘minot, savdo, maishiy va 
korxonaning boshqa funksional bo‗linmalarini axborotlarga bo‗lgan talablarini 
ta‘minlab beruvchi axborot texnologiyalarisiz ham amalga oshirib bo‗lmay, bu 
boshqaruvda mavjud bo‗lishi shart bo‗lgan zaruriy vositaga aylandi. 
Axborot texnologiyalari korxonaning barcha ko‗rinishidagi resurslarini 
ratsional boshqarishga, shuningdek, tadbirkorga yakka holda qaror chiqarib 
faoliyat yuritishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Resurslarni har doim cheklangan 
holatda bo‗lishligi sharoitida, qat‘iy samaraga erishish uchun resurslarni bir joyga 
jamlash to‗g‗risidagi boshqaruv qarorlarini to‗g‗ri va o‗z vaqtida qabul qilinishi 
faoliyat 
muvaffaqiyatining 
asosiy 
omili 
hisoblanadi. 
Aynan 
axborot 
texnologiyalari taqdim etadigan ma‘lumotlar bosh masalalarni echish uchun zarur 
vaqtda va kerakli joyga resurslarni jamlanishiga imkon yaratadi. Tizimli tashkil 
etilgan bilimlar xodimlar malakaviy doirasini yanada oshiradi va korxonaga 
ratsional, maqsadga yo‗naltirilgan hamda tejamli, yuqori samarali faoliyat 
yuritishiga imkon beradi. 
Ammo, ko‗plab mahalliy korxonalarda axborot texnologiyalari sohasida 
korporativ siyosatning mavjud emasligidan korxona korporativ axborot-boshqaruv 
tizimini yaratish strategiyasini ishlab chiqishda keng ilmiy asoslangan echim – 
bilimlar hozircha etarli emas va mavjudlaridan samarali foydalanish kerak bo‗ladi. 
Axborot texnologiyalari strategiyasi deyilganda korporativ yondashuv


192 
tamoyil va usullarning shakllantirilgan tizimi tushuniladi va axborot-boshqaruv 
tizimining barcha komponentlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Axborot 
texnologiyalari (AT) strategiyasini ishlab chiqish loyihasining bosh maqsadi 
korxona biznesini rivojlantirish asosiy faoliyat maqsad va yo‗nalishlariga mos 
kelishini ta‘minlash uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‗yicha 
integrallashgan korporativ jarayonlarni tashkil etishdan iborat bo‗ladi. Ko‗rsatib 
o‗tilgan maqsadlarga erishish quyidagilarni ta‘minlashga imkon beradi: 
- boshqaruv tizimini takomillashtirish;
- ATni maqsadli rejalashtirish va joriy etish; 
- ATni biznes muammolarni echishga yo‗naltirish; 
- korxona yagona axborot makonini yaratish; 
- ATdan foydalanish xarajatlarini kamaytirish (sotib olish, ishlab chiqish, 
joriy etish, xodimlar malakasini oshirish, kuzatib borish); 
- yangi ATni joriy etish muddatlarini qisqartirish, tezkor va ko‗p martali 
natijalarni olish; 
- foydalanilayotgan AT samaradorligini oshirish va axborotlashtirishga 
kiritilgan sarmoyalarni o‗z vaqtida qaytarilishini ta‘minlash; 
- istiqbolda axborot infratuzilishini tez va tejamli kengaytirish imkoniyati. 
Strategiyalarni ishlab chiqish jarayonida rahbariyat, mutaxasssislar hamda 
ekspertlar jalb qilinishi zarur bo‗lib, ularning faoliyati quyidagi savollarning aniq 
javoblarini izlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi zarur: 
- biznes strategiyasi qanday aniqlanadi? 
- ATning joriy holati qanday? 
- ATning istiqbol ko‗rinishi qanday bo‗lishi kerak? 
- qanday uslubiyot va mahsulotlardan foydalanish kerak? 
- qanday texnologik arxitektura yaratilishi kerak? 
- xodim malakasi qanday talablarga javob berishi kerak? 
Strategiyani izohli yoritishni o‗z ichiga oluvchi hujjat korxona rahbariyati 
uchun mo‗ljallangan bo‗ladi va unda quyidagi omillar yoritilgan bo‗lishi taklif 
etiladi: 


193 
- biznesni rivojlantirish muammolarini echishda ATning ahamiyati; 
- ATni rivojlantirish asosiy yo‗nalishlari tarkibi va amalga oshirish 
ustuvorligiga ko‗ra guruhlashtirilgan innovatsion loyihalar shakllantirilgan portfeli; 
- ATni joriy etish, foydalanish va rivojlantirishning bosqichli 3-5 yillik 
rejasi; 
- ATni investitsiyali loyihalar portfeli va reja bosqichlari bilan hamkorlikda 
rivojlantirish ahamiyatini baholash usullari; 
- ATni joriy etish, foydalanish va rivojlantirishda markazlashgan 
boshqaruvni tashkil etish bo‗yicha takliflar. 
Axborot tizimlari va texnologiyalari avvalo boshqaruv samaradorligini 
oshiruvchi vositadir hamda belgilangan maqsadga erishishda boshqa vositalar kabi 
biznes-jarayonlar harakatini muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish uchun 
xizmat qiladi. Bu vositaga oddiygina egalik qilish tadbirkoorlik muvaffaqiyatini 
kafolatlamaydi, ammo, yirik korxonalarda umuman mavjud emasligi bo‗lmasligi 
ayni damda raqobatdoshlik salohiyatini tushib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Takomillashgan axborot tizimlari va texnologiyalarining oddiylaridan farqi ATga 
sarflangan xarajatlar hajmida emas, balki u orqali olingan qo‗shimcha qiymatdan 
iborat bo‗ladi. Kiritilgan sarmoyalarni foyda keltirishi uchun ATga shunchaki 
kapital sifatida egalik qilish emas, balki undan samarali va malakali foydalanish 
zarur bo‗ladi. ATga egalik qilish biznesda muvaffaqiyatlarga erishishning zaruriy 
bilvosita shartlaridan biridir. 
ATdan samarali foydalanishning asosiy kaliti – bilimdir. ATdan 
foydalanuvchi qachon, nimaga va nimani amalga oshirishni bilishi zarur. Pul 
mablag‗lari emas, balki, aynan bilimlar kapital o‗sishining bosh sharti hisoblanadi. 
SHu asosda AT va tizimlarini uchta komponentga ajratish mumkin: 
1. Apparat ta‘minoti (HardWare) – kompyuter, tizim va boshqa 
qurilmalarni mantiqiy maketi yoki fizik tuzilishidir. Bu vositalar ishlab chiqarish 
(mahsulot va xizmatlar) va berilgan maqsad yoki natijalarga erishish boshqaruv 
masalalarini o‗zaro hamkorligini ta‘minlash vositasidir. 
2. Dasturiy ta‘minot (SoftWare) – texnik qurilmalarni ishlashi uchun zarur 


194 
bo‗lgan tamoyil va algoritmlarni boshqarish qoidalari to‗plamini ifoda etadi. 
Alohida jarayon va masalalarni bir butunlikka muvofiqlashtirishga yo‗naltirilgan 
kelishuv, foydalanish qoida va standartlar hamda dasturlar ham uning tarkibiga 
kiradi.
3. Algoritmik (intellektual) ta‘minot (BrainWare) – rejalashtirilgan, 
kutilayotgan natija va maqsadlarga bog‗liq holda texnik va dasturiy ta‘minotni 
o‗zaro joylashtirish hamda foydalanish, shuningdek, har bir holat konfiguratsiyasi 
maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. 
Uchala komponent ham o‗zaro bog‗liq hamda teng ahamiyatli bo‗lishi bilan 
birga, AT va tizimlarining yadrosini tashkil etadi. Har qanday AT va tizimi aynan 
shu tashkil etuvchilarga asoslanib faoliyat ko‗rsatadi. SHu bilan birga, AT va 
tizimi uchun to‗rtinchi, eng muhim bo‗lgan – AT va tizimini quvvatlovchi tarmoq, 
infratuzilish ham mavjud.
AT va tizimlari maqsadga erishish uchun yo‗naltirilgan apparat, dasturiy, 
algoritmik 
ta‘minot 
va quvvatlash 
tarmog‗ining 
yagona 
yaxlitlikka 
birlashtirilishidir. Agarda birgina komponent ishtirok etmasa yoki mos kelmasa, u 
holda AT va tizimlaridan kerakli samara olinmaydi. 
Texnologiya va tizimlar amaliy hamda malakaviy tadqiqotlarning teng 
huquqli va o‗zaro to‗ldiruvchi qismlarini ifoda etadi. 1990 yillar boshida dunyo 
etakchi olimlari axborotlar boshqa mahsulot va resurslar bilan teng qiymatli, 
shuningdek, raqobatbardoshlik imkoniyati bevosida bog‗liq bo‗lgan strategik 
resursga aylanganini e‘tirof etdi. SHu bilan birga, yangi axborotli taraqqiyot 
tadbirkorlik faoliyati muvaffaqiyatlariga zarur bo‗lgan axborotlardan boshlandi. 
Hozirgi kunda rahbariyatga ma‘lumotlar hajmini oshishi, axborot 
texnologiyalarining rivojlantirilishi yoki kompyuterlar unumdorligini oshirish 
emas, 
balki 
korxonaning 
raqobatbardoshligiga, 
shuningdek, 
tashkilot 
boshqaruvining yangidan qayta tashkil etilgan faoliyatiga ijobiy ta‘sir etuvchi 
axborotlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Albatta, hozirgi kunda barcha talablarni birdek qondiruvchi ideal universal 
axborot tizimlari mavjud emas. Ammo, avtomatlashtirilgan AT va tizimlari 


195 
sohasida foydalanilsa korxonada samarali boshqaruv tizimini qurish imkonini 
beruvchi usullar mavjud. Hozirgi kunda bunday usullar MRP, MRP II va ERP 
konsepsiyalari deb nomlanadi. MRP, MRP II va ERP usullar yoki yondashuvlar – 
bu korxonani qanday faoliyat yuritishi kerakligi tavsifini yaratishga imkon 
beruvchi tushuncha va jarayonlarning formallashgan to‗plamidir. Ular o‗ta tizimli 
tavsifga ega, ya‘ni, ―buni shunday bajar, ma‘lumot yoki materiallarni bunday 
ko‗rinishda u erga uzat, bajarilgan operatsiyalar to‗g‗risida shu joyga yozib qo‗y‖ 
va shu kabilardan tashkil topgan ko‗rsatmalar (algoritmlar) to‗plami sifatida 
ko‗rish mumkin. 
MRP (Material Requirement Planning – materialga bo‗lgan talablarni 
rejalashtirish) ishlab chiqarishni boshqarish uchun yaratilgan, omborxona 
binolaridan unumli foydalanish, xom-ashyo etkazib berishdagi turib qolish yoki 
keragidan ortiq etkazib berish muammolarini bartaraf etadi. MRP tizimi xom-
ashyo va butlovchi qismlarni etkazib berishidan oxirgi iste‘molchilar so‗rovini 
qanoatlantirishgacha bo‗lgan ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tezkor 
boshqarishga yordam beradi. MRP asosiga qo‗yilgan asosiy g‗oyalar quyidagilar 
hisoblanadi: 
- ishlab chiqarish faoliyati o‗zaro bog‗liq buyurtmalar oqimi sifatida 
izohlanadi; 
- buyurtmalarni bajarishda resurslar cheklanganligi e‘tiborga olinadi; 
- ishlab chiqarish jarayoni va zahiralarini minimallashtirishni ta‘minlanadi; 
- ishlab chiqarish va ta‘minotga zarur buyurtmalar amalga oshirish va ishlab 
chiqarish grafigiga asosan shakllantiriladi;
- buyutmalar harakati yakuniy iqtisodiy ko‗rsatkichlar bilan bog‗lanadi; 
- buyurtmani bajarish jarayoni zarur bo‗lgan lahzada nihoyasiga etadi. 
MRP usuli korxonada qanday boshqaruv va ro‗yxatga olish jarayonlari 
amalga oshirilishi, qanday ketma-ketlik asosida bajarilishi ko‗rsatib beradi va 
qanday bajarish kerakligi to‗g‗risida tavsiyalarni (algoritm) o‗z ichiga oladi. 
Keyingi davrlarda MRP konsepsiyasi korxona funksional imkoniyatlarini 
kengaytirish yo‗lida mijoz talablarini to‗la qondirish va ishlab chiqarish 


196 
xarajatlarini tushirish g‗oyasi asosida rivojlantirib borildi. 1970 yillarda bu 
konsepsiya butunlay korxona ko‗lamida ishlab chiqarish dasturini shakllantirish va 
uni bo‗linmalar darajasida bajarilishini nazorat qilish to‗g‗risidagi holatlar bilan 
kengaytirildi. SHundan so‗ng, navbatdagi MRP II (Manufacturing Resource 
Planning - ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish) tizimlari paydo bo‗ldi, uning 
mohiyati ishlab chiqarishni prognozlash, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni 
xom-ashyo sotib olishdan boshlab mahsulotni xaridorga yuklab berish bilan 
tugallanadigan barcha jarayonlarida amalga oshirilishidan iboratdir. 
MRP II uslubi ishlab chiqarish korxonasining barcha resurslarini samarali 
boshqarishga yo‗naltirilgan uslubiyotni ifoda etadi. Umumiy holatda, korxona 
faoliyatini rejalashtirish masalalarini natural birliklarda, moliyaviy rejalashtirishni 
pullik ifodasida korxona imkoniyatlarini ‖Nima bo‗ladi, agarda...‖ turidagi 
savollarga javob bergan holda modellashtirishni ta‘minlaydi. Bu uslubiyotdan 
foydalanish korxona faoliyati iqtisodiy ko‗rsatkichlarini yaxshilanishiga olib 
keluvchi sinab ko‗rilgan tamoyillar, modellar va boshqaruv hamda nazorat 
jarayonlari to‗plamini taqdim etadi. MRP II tizimi modullar asosida qurilgan 
bo‗lib, quyidagilar uning asosiy majburiy funksional modullari hisoblanadi: 
– ishlab chiqarish va savdoni rejalashtirish (Sales & Operations Planning);
– talablarni boshqarish (Demand Management);
– ishlab chiqarish bosh kalendar rejasi (Master Production Schedule);
– materiallarga bo‗lgan talablarni rejalashtirish (Material Requirements 
Planning);
– tasniflash quyi tizimi (Bill of Material Subsystem);
– zahiralar bilan operatsiyalar quyi tizimi (Inventory Transaction 
Subsystem);
– ochiq buyurtmalar bo‗yicha rejalashtirilgan kelib tushishlar quyi tizimi 
(Scheduled Receipts Subsystem);
– ishlab chiqarishni tezkor boshqarish (Shop Floor Control or Production 
Activity Control);
– ishlab chiqarish quvvatiga bo‗ladigan talablarni rejalashtirish (Capacity 


197 
Requirements Planning);
– kirayotgan va chiqayotgan materiallar oqimini boshqarish (Input/Output 
Control);
– ta‘minotni boshqarish (Purchasing);
– resurslarni taqsimlashni rejalashtirish (Distribution Resource Planning);
– instrumental ta‘minot (Tooling);
– moliyaviy rejalashtirish bilan interfeys (Financial Planning Interfaces);
– modellashtirish (Simulation);
– faoliyatni baholash (Performance Measurement). 
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish operatsiyalarini modellashtirish 
tajribalarini to‗planib borishi natijasida bu tushunchalar mohiyatiga yanada 
ko‗proq funksiyalarni qamrab olgan holda aniqlik kiritib borilmoqda. MRP II 
standartlari alohida funksiyalar sohasini ikki darajaga ajratadi: zaruriy va ixtiyoriy.
Dasturiy ta‘minotni MRP II sinfiga kiritish uchun bu dastur zaruriy (asosiy) 
funksiyalarni bajarishi zarur.
Funksional modullar tarkibi va ularning o‗zaro aloqalari boshqaruv 
nazariyasi nuqtai nazaridan chuqur asoslarga ega bo‗lib, rejalashtirish funksiyalari 
integratsiyasini, shu jumladan, vaqt va makonda turli boshqaruv jarayonlari 
hamfikirligini ta‘minlaydi.
Ko‗rsatib o‗tilgan modullar to‗plami ortiqcha hisoblanmaydi va asosan 
keyingi avlod tizimlarida ham saqlanib qoladi. Bundan tashqari, MRP II tizimi 
funksional modullariga qo‗yilgan ko‗plab tushuncha, usul va algoritmlar 
o‗zgarishsiz qoladi hamda tizimning keyingi avlodlariga elementlar sifatida 
kiritiladi. Korxonaning MRP II standartlariga mos holda qurilgan boshqaruv 
tizimining umumiy ko‗rinishi 1-chizmada ko‗rsatilgan quyidagi asosiy bloklardan 
tashkil topadi.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling