O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

 
 
1.2. Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta‘minoti  
 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining texnik ta‘minoti o‘z ichiga 
axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter texnikasi, 
axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-
uskunalari, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga 
mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini oladi.
Kompyuter 
texnikasining 
rivojlanish 
tendentsiyasi. 
Kompyuter 
texnikasining rivojlanish tendentsiyalarini o‘rganishdan oldin kompyuter o‘zi 
nima degan savolga javob berishimiz lozim bo‘ladi. Kompyuter bu inglizcha 
so‘zdan olingan bo‘lib hisoblagich degan ma‘noni bildiradi. Shuning uchun 
ham birinchi islab chiqilgan kompyuter texnikasini hisoblash texnikasi deb 
atashgan. Yillar davomida kompyuter texnikasi shakllanib borayotgan soha 
hisoblanadi. Jumladan 1623 yili nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 
hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk frantsuz matematigi Blez Paskal 
uzining hisoblash mashinasini yaratdi. Paskalning mashinasi boyi 30 - 40 sm, 
eni 15 sm, balandligi 10 sm bolgan jez qutichadan iborat b o‘lib, qo‘shish va 
ayirish amallarini bajarar edi. 1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4, 
ya‘ni Slonimskiy tomonidan 4 arifmetik amalni bajaradigan va ildiz 
chiqaradigan hisoblash mashinasi yaratildi.
1623 yildan boshlab kompyuter texnikasi asta-sekin rivojlanib, hozirgi 


27 
kunda murakkab tizimga ega bo‘lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada 
qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi ―ENIAK‖ nomli elektron 
hisoblash mashinasi yaratildi. AQShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik 
olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo‘lgan 
elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu 
kompyuter 18.000 ta elektron lampadan tuzilgan bo‘lib, 30 tonna og‘irlikka ega 
va 150 m
2
xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida 
elektron hisoblash mashinasi yaratilgan. U o‘zining rivojlanish tarixini 50-
yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o‘z 
boshidan o‘tkazdi:
1-avlod - elektron lampalar asosida;
2-avlod - yarim o‘tkazgichli diod va triod, tranzistorlar asosida;
3-avlod - integral mikrosxemalar;
4-avlod - katta integral sxemalar;
5-avlod - juda katta integral sxemalar.
Hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanish nafaqat hisoblash sohasida
balki boshqa sohalarda ham ulardan foydalanishning yangi shakllarini ishlab 
chiqishni taqoza etadi.
Kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib 
bormoqda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o‘z mehnat 
faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida 
ajoyib mo‘‘jizalar yaratilayotgani sir bo‘lmay qoldi. Kelajakni uningsiz 
tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun 
kompyuterda hisoblash, yozish, o‘qish, o‘rganish, gapirish, saqlash, chizish, 
qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga 
yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o‘ynash 
mumkin. Uning imkoniyatlari kundan - kunga ko‘paymoqda, shuning uchun u 
ishda, o‘qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do‘stiga 
aylanmoqda.


28 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling