O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
Fraktal grafika vositasida shakllangan tasvirlar ham xuddi vektorli grafika
kabi matematik hisoblarga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida hech qanday obyektni saqlamasligi bilan undan farq qiladi. Tasvir tenglama (yoki tenglamalr tizimi) bo‗yicha quriladi, shuning uchun formulalardan boshqa hech narsani saqlash kerak emas. «Fraktal» atamasi lotincha fractuc so‗zidan olingan va u «qismlardan tuzilgan» ma‘nosini anglatadi. Frantsuz matematigi Benua Mandelbrot 1975- yilda «The fractal geometry of Nature» kitobini nashr qildi va fraktal so‗zi eng ko‗p tarqalgan atamalardan biriga aylandi. Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal obyekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo‗ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o‗yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsiyentini o‗zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin. Fraktal grafika, vektor grafikasiga o‗xshab hisoblanadigan grafikadir, lekin undan farqi shundaki, hech qanday obyekt kompyuterning xotirasida saqlanmaydi. Tasvir tenglamalar asosida quriladi, shu sababli tenglama koeffitsiyenti qiymati doimo o‗zgarib turadi. O‗zgargan koeffitsiyentlar asosida mutlaqo boshqa tasvir hosil bo‗lishi mumkin. Eng oddiy fraktal obyekt bo‗lib, uchburchak hisoblanadi. Tomonlari a ga teng tomonli uchburchak chizing. Uning har bir tomonini 3 qismga bo‗ling. Tomonning o‗rta kesmasi asosida teng tomonli uchburchak chizing, qolgan kesmalar asosida ham tomonining uzunligi 1-9 teng tomonli uchburchak chizing. Hosil bo‗lgan uchburchaklar bilan ham shu vazifalarini takrorlang. Natijada, takrorlanib kelayotgan uchburchaklarda fraktal figura hosil bo‗ladi. Ketma-ketlik jarayonini cheksiz davom ettirish mumkin. Shunday fraktal obyektni olib, uni lupa yoki mikroskop ostida kuzatib, unda dastlabki strukturaning xossalariga ega yangidan-yangi detallarni uchratishimiz mumkin. 22 Tirik va o‗lik tabiatning juda ko‗p obyektlari fraktal xususiyatlarga egadir. Oddiy qor uchquni bir necha marta kattalashtirilganda, fraktal obyektligi ma‘lum bo‗ladi. O‗simliklar va kristallarning o‗sishi asosida fraktal algoritmlar yotadi. Paporotnik o‗simligining shoxchasini kuzating. Unda siz har bir mayda shoxcha yirik shoxchaning xususiyatlarini takrorlanishini ko‗rasiz. Daraxtlarning ayrim shoxlari asosida matematik usullar yordamida butun daraxtning xususiyatlarini ko‗rishingiz mumkin. Agar, terakning bir shoxini olib, uni suvga solib qo‗yilsa, tez orada kurtak chiqarib ko‗chatga aylanadi va ma‘lum vaqt o‗tganda to‗laqonli daraxt xususiyatlariga ega bo‗ladi. Fraktal grafikasining hisoblash yo‗li bilan tirik tabiat xususiyatlarini modellash xususiyati noan‘anaviy tasvirlarni avtomatik generatsiyalashda ishlatiladi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling