O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Belgilar kutubxonasi (Biblioteka -Library)
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Animatsiya (Animatsiya - Animation)
- 11.4. Flash dasturining asosiy ish qurollar sohasi.
Belgilar kutubxonasi (Biblioteka -Library) - har xil turdagi belgilar bilan
ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+Lyoki F11 yoki «Okno» menyusining «Biblioteka» (Window Library) buyrug‗ini tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko‗rishimiz, ularni tahrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o‗chirishimiz hamda ularga kadrlar qo‗shishimiz mumkin. Animatsiya (Animatsiya - Animation) - Flash dasturining asosiy harakatlari. Animatsiya 2 xil bo‗ladi: kadrli (pokadrovoe sozdanie) va avtomatik 156 (avtomaticheskoe sozdanie promejutochnix kadrov). Kadrli animatsiya faqat boshqaruv kadrlardan iborat bo‗ladi. Avtomatik animatsiya (tweening) boshqaruv hamda avtomatik ravishda yaratilgan oddiy kadrlardan iborat bo‗ladi. Flash dasturida ikki xil avtomatik animatsiya turi mavjud: shakllar geometriyasini o‗zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o‗zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya. 11.4. Flash dasturining asosiy ish qurollar sohasi. Dasturning yana bir asosiy ish sohalardan biri bu - ish qurollar tugmalar sohasi. U yordamida biz har xil grafik shakllarni yaratishimiz va ular ustida har xil amallarni bajarishimiz mumkin bo‗ladi. Ushbu sohada ish qurol tugmalari pastida chiziqlar rangini va orqa rangini o‗zgartirish sohalari hamda tanlangan ish qurol xususiyatlarini sozlash sohasi joylashgan. Har bitta ish qurol o‗zining imkoniyatlariga, holatlariga va xususiyatlariga ega. Masalan, rangni shakl ichiga berishda: to‗liq cheklangan shakl, to‗liq cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl holatida ishlash mumkin. Oynaning o‗ng tomonida kadrni ko‗rish masshtabini o‗zgartirish sohasi joylashgan. U yordamida to‗liq kadrni, to‗liq ish sohani, 25 %, 50 %, 100 %, 200 %, 400 % va 800 % ko‗rinishiga o‗tkazish mumkin. Har bir grafik shakl va belgi o‗zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlarni ekranga chiqarish va ularni o‗zgartirish uchun sichqoncha o‗ng tugmasi bilan tanlab «Svoystva» (Proprties) yoki Ctrl+F3 yoki «Okno» menyusining shu nomli buyrug‗ini tanlaymiz. Natijada, shu nomli muloqot oynasi ekranda hosil qilinadi va u yordamida biz har bir grafik shakl va belgining xususiyatlarini o‗zgartirishimiz mumkin bo‗ladi. 157 Masalan, ish sohaning bo‗sh joyiga bosib shu oynada hosil qilingan elementlar orqali ish sohaning hajmini, orqa rangini va kadrlar almashish tezligini o‗zgartirishimiz mumkin. Agar boshqaruv kadr tanlangan bo‗lsa, u holda animatsiya turi, uning xususiyatlari, tovush bilan jihozlanish va hokazo holatlarini o‗zgartirishimiz mumkin. Agar matn elementi tanlangan bo‗lsa, u holda matn harflar shakli, kattaligi, oraliqlari, rangi, abzatsda joylanishi va xokazo shriftga tegishli holatlarni o‗zgartirish imkoniyati paydo bo‗ladi. Agar grafik shakl tanlangan bo‗lsa, u holda uning kadrda joylanish koordinatalari, kattaligi, chegara chiziqlarining qalinligi va rangi, ular turi va shaklning orqa (ichki) rangini o‗zgartirish imkoniyati paydo bo‗ladi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling