O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
Nazorat savollari
1. Berilgan nuqtalar bo‗yicha egri chiziqlar yasash masalalarining asosiy mazmuni nimadan iborat. 2. Ko‗p hadlar yordamida interpolyatsiyalash qanday maqsadda amalga oshiriladi. 3. Splaynlar yordamida nuqtalar bo‗yicha egri chiziqlar yasash masalasi qanday hal qilinadi. 4. Qanday ko‗rinishdagi splaynlarni bilasiz. 5. V-splaynlar qanday beriladi. 6. Kubik splaynlar nima va ular qanday xususiyatlarga ega. 7. Parabolaik splaynlar nima va ular qanday xususiyatlarga ega. 8. V-splaynlarni hisoblash qanday xususiyatlarga ega. 9. Interpolyatsion V-splaynlardan qanday maqsadda foydalaniladi. 10. Kompyuter grafikasida V-splaynlar qanday ahamiyatga ega. 75 5- bob. RASTR GRAFIKASINING ASOSIY ALGORITMLARI 5.1. Kesmalarni chizish algoritmi Shunday qilib elektron nurli trubka bilan rastrli displey ekranini har biri yoqilgan bo‗lishi mumkin bo‗lgan, diskret elementlar matritsasi deb qarash mumkin, lekin kesmani bevosita bir nuqtadan boshqa nuqtaga olib o‗tish mumkin emas. Berilgan kesma eng yaxshi approksimatsiyalanuvchi deb ataladi. Gorizontal vertikal va 45 0 burchak ostida egilgan kesmalar uchun rastr elementlarini tanlash ma‘lum. Boshqa har qanday mo‗ljalda kerakli piksellarni tanlash qiyin. Kesmalarni chizuvchi aniq algoritmlar haqida fikr yuritishdan oldin, bunday algoritmlarning umumiy talablarini qarab chiqish va tasvirning xarakteristikalari qanaqa, degan savollarga javob berish foydadan holi emas. Ma‘lumki, kesmalar to‗g‗ri ko‗rinishga ega bo‗lishi kerak hamda berilgan nuqtadan boshlanishi va tugashi kerak. Undan keyin, kesma atrofida yorug‗lik doimiy bo‗lib, uzunlik va qiyalikga bog‗liq bo‗lmasligi kerak. Va nihoyat, tez chizish kerak. Sanalgan kriteriyalardan hammasi ham to‗laligicha qondirilmaydi, bunday holat tez-tez bo‗lib turadi. Rastrli displey tabiatining o‗zi mutlaqo to‗g‗ri chiziq generatsiyasini ta‘minlay olmaydi (maxsus holatlardan tashqari berilgan nuqta) bilan kesmaning boshi bilan oxiri to‗g‗ri va aniq mos kelmaydi. Bundan tashqari displeyning ruxsat berilgan xatoligi etarlicha kichik approksimatsiyaga erishishi mumkin. Butun kesma atrofida doimiy yorug‗lik faqatgina gorizontal, vertikal va 45 0 qiyalikdagi to‗g‗ri chiziqda erishish mumkin. Qolgan hamma rastrda joylashish mo‗ljallari yorug‗lik noteksligiga olib keladi. Hattoki, xususiy holatlarda ham yorug‗lik qiyalikga bog‗liq. Masalan, 45 0 qiyalikdagi kesma uchun, qo‗shni piksellar orasidagi masofa, vertikal va gorizontal to‗g‗ri chiziqlarga nisbatan katta. Shuning uchun gorizontal va vertikal kesmalar, qiya kesmalarga nisbatan yorug‗ ko‗rinadi. Har xil uzunlikdagi va mo‗ljaldagi kesmalar atrofini bir xil yorug‗lik bilan ta‘minlash kvadrat ildizdan chiqarishni talab qiladi, bu esa hisoblashni sekinlashtiradi. Ko‗pgina kesmalarni chizish algoritmlarida hisoblashni qisqartirish uchun qadamli usuli qo‗llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling