O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Belgilar kutubxonasi (Biblioteka -Library)


Download 3.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/90
Sana03.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1743254
TuriУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va dizayn

Belgilar kutubxonasi (Biblioteka -Library) - har xil turdagi belgilar bilan 
ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+Lyoki 
F11 yoki «Okno» menyusining «Biblioteka» (Window Library) buyrug‗ini 
tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko‗rishimiz, ularni 
tahrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o‗chirishimiz hamda ularga kadrlar qo‗shishimiz 
mumkin.
Animatsiya (Animatsiya - Animation) - Flash dasturining asosiy harakatlari. 
Animatsiya 2 xil bo‗ladi: kadrli 
(pokadrovoe sozdanie) va avtomatik 


156 
(avtomaticheskoe sozdanie promejutochnix kadrov). Kadrli animatsiya faqat 
boshqaruv kadrlardan iborat bo‗ladi. Avtomatik animatsiya (tweening) boshqaruv 
hamda avtomatik ravishda yaratilgan oddiy kadrlardan iborat bo‗ladi. Flash dasturida 
ikki xil avtomatik animatsiya turi mavjud: shakllar geometriyasini o‗zgarishi (shape 
tweening) yoki boshqaruv kadrlar o‗zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya.
11.4. Flash dasturining asosiy ish qurollar sohasi. 
Dasturning yana bir asosiy ish sohalardan biri bu - ish qurollar tugmalar sohasi. 
U yordamida biz har xil grafik shakllarni yaratishimiz va ular ustida har xil amallarni 
bajarishimiz mumkin bo‗ladi. Ushbu sohada ish qurol tugmalari pastida
chiziqlar 
rangini va 
orqa rangini o‗zgartirish sohalari hamda tanlangan ish qurol 
xususiyatlarini sozlash sohasi joylashgan. Har bitta ish qurol o‗zining 
imkoniyatlariga, holatlariga va xususiyatlariga ega. Masalan, rangni shakl ichiga 
berishda: to‗liq cheklangan shakl, to‗liq cheklanmagan shakl va butunlay 
cheklanmagan shakl holatida ishlash mumkin.
Oynaning o‗ng tomonida kadrni ko‗rish masshtabini o‗zgartirish sohasi 
joylashgan. U yordamida to‗liq kadrni, to‗liq ish sohani, 25 %, 50 %, 100 %, 200 %, 
400 % va 800 % ko‗rinishiga o‗tkazish mumkin.
Har bir grafik shakl va belgi o‗zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlarni 
ekranga chiqarish va ularni o‗zgartirish uchun sichqoncha o‗ng tugmasi bilan tanlab 
«Svoystva» (Proprties) yoki Ctrl+F3 yoki «Okno» menyusining shu nomli buyrug‗ini 
tanlaymiz. Natijada, shu nomli muloqot oynasi ekranda hosil qilinadi va u yordamida 
biz har bir grafik shakl va belgining xususiyatlarini o‗zgartirishimiz mumkin bo‗ladi.


157 
Masalan, ish sohaning bo‗sh joyiga bosib shu oynada hosil qilingan elementlar 
orqali ish sohaning hajmini, orqa rangini va kadrlar almashish tezligini 
o‗zgartirishimiz mumkin. Agar boshqaruv kadr tanlangan bo‗lsa, u holda animatsiya 
turi, uning xususiyatlari, tovush bilan jihozlanish va hokazo holatlarini 
o‗zgartirishimiz mumkin. Agar matn elementi tanlangan bo‗lsa, u holda matn harflar 
shakli, kattaligi, oraliqlari, rangi, abzatsda joylanishi va xokazo shriftga tegishli 
holatlarni o‗zgartirish imkoniyati paydo bo‗ladi. Agar grafik shakl tanlangan bo‗lsa, 
u holda uning kadrda joylanish koordinatalari, kattaligi, chegara chiziqlarining 
qalinligi va rangi, ular turi va shaklning orqa (ichki) rangini o‗zgartirish imkoniyati 
paydo bo‗ladi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling