O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

Uchinchi bob bo`yicha xulosalar 
Ushbu bobdagi sanab o`tilgan quyidagi muammolarning mavjudligi 
auditorlik hisoboti va xulosalarini tuzish va taqdim etishni takomillashtirish yo`lida 
bir qator to`siqlar bartaraf etilishi lozimligini bildiradi: 
- “NAZORAT-AUDIT” MChJ auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan 
auditorlik xulosasida hujjatning nomi “auditorlik xulosasi” deb nomlangan bo`lsa, 
“Deloitte and Touche” xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan hujjat 
mustaqil auditorlar xulosasi deb nomlangan. Bizningcha, foydalanuvchi ushbu 
hujjatning titul varag`ining o`zidayoq tushunmovchilikka duch kelmasligi nuqtai 
nazaridan hujjatlar nomini xalqaro standart bo`yicha nomlash o`rinliroq bo`ladi. 
- milliy amaliyotda auditorlik xulosasi hajmi 2-3 betni tashkil etganini 
ko`rgan bo`lsak, xalqaro amaliyotda hujjatda ko`rsatilganidek auditorlik xulosasi 
2-6 betlarni qamrab olgan. Ushbu hujjat ham faqat rus tilida taqdim etilgan va 
foydalanuvchilarning barchasiga tushunarli bo`lmasliligi bilan muammo yaratishi 
mumkin. 
- milliy amaliyotda auditorlik hisobotining tarkibida keltiriladigan audit 
jarayonining asosiy masalasi va auditorlik tekshiruvi davomida nimalar 
bajarilganligining asosiy mazmuni auditorlik xulosasining xalqaro tajribadagi 
namunasida qisqacha berib o`tilgan hamda bunday amaliyot milliy auditorlik 
faoliyatida kuzatilmaydi. 
- xalqaro auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida nima uchun 
auditorlar uchun bobning quyi qismida qayd etilgan masala audit uchun eng 
muhim va audit davomida nimalar bajarilgani to`g`risidagi sharh berilgan. 


87 
“Deloitte and Touche” auditorlik tashkiloti tomonidan InFinBank uchun 
o`tkazilgan auditorlik tekshiruvining muhim deb topilgan masalasi ushbu bobda 
ko`rsatilishicha “Kreditlarning eskirishi va mijozlarga bo`naklar hisobiga rezerv 
yaratish” bo`lgan. Bizningcha, xalqaro amaliyotdagi auditorlik xulosasida 
beriladigan bunday auditning muhim masalasi uchun beriladigan qisqacha sharhi 
auditorlik xulosasi uchun milliy amaliyotda tadbiq etilishi uchun o`rinli.
- auditorlik tekshiruvlari davomida moliyaviy hisobotlardagi xatoliklarni 
aniqlash va ularning muhimliligini baholashga(shuningdek ichki nazorat 
kamchiliklarini aniqlash) auditorlik tekshiruvlari va ularning natijalarini 
umumlashtirishga belgilangan muddatlarning bosimi auditorlik hisoboti va 
xulosasining sifati hamda ishonchliliga salbiy ta`sir o`tkazadi. Ushbu ta`sir nafaqat 
kamchiliklarni aniqlash uchun yetarlicha dalillarni to`plash , balki kamchiliklarni 
aniqlangandan so`ng mijoz korxona tomonidan ularni bartaraf etish bo`yicha 
korxona tomonidan bajarilgan amallarni tekshirish uchun kerakli vaqt tanqisligini 
keltirib chiqaradi .
- auditorlik hisobotlarining sifati ularning taqdim etilish muddati hamda 
auditor-mijoz geografik yaqinligiga bevosita bog`liq. Ushbu tadqiqot natijalariga 
ko`ra investorlar va kapital bozori ishtirokchilari uchun tezkor taqdim etilgan 
auditorlik hisobotlari yanada asoslangan va investitsion qarorlarni qabul qilish 
qilish orqali bozordagi o`rnini mustahkam egallash hamda daromadini oshirishga 
imkon yaratadi.
- Katta to`rtlik auditorlarining xizmat sifati shakllantirilgan auditorlik 
xulosalari qanday mazmunda bo`lishiga qaramay moliyaviy bozorlar bo`yicha 
qaror qabul qilishda qiymatli va moliyaviy hisobotlarda investorlarga oid 
ko`rsatkichlarning o`sishiga olib kelmoqda. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling