O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
Uchinchi bob bo`yicha xulosalar
Ushbu bobdagi sanab o`tilgan quyidagi muammolarning mavjudligi auditorlik hisoboti va xulosalarini tuzish va taqdim etishni takomillashtirish yo`lida bir qator to`siqlar bartaraf etilishi lozimligini bildiradi: - “NAZORAT-AUDIT” MChJ auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan auditorlik xulosasida hujjatning nomi “auditorlik xulosasi” deb nomlangan bo`lsa, “Deloitte and Touche” xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan hujjat mustaqil auditorlar xulosasi deb nomlangan. Bizningcha, foydalanuvchi ushbu hujjatning titul varag`ining o`zidayoq tushunmovchilikka duch kelmasligi nuqtai nazaridan hujjatlar nomini xalqaro standart bo`yicha nomlash o`rinliroq bo`ladi. - milliy amaliyotda auditorlik xulosasi hajmi 2-3 betni tashkil etganini ko`rgan bo`lsak, xalqaro amaliyotda hujjatda ko`rsatilganidek auditorlik xulosasi 2-6 betlarni qamrab olgan. Ushbu hujjat ham faqat rus tilida taqdim etilgan va foydalanuvchilarning barchasiga tushunarli bo`lmasliligi bilan muammo yaratishi mumkin. - milliy amaliyotda auditorlik hisobotining tarkibida keltiriladigan audit jarayonining asosiy masalasi va auditorlik tekshiruvi davomida nimalar bajarilganligining asosiy mazmuni auditorlik xulosasining xalqaro tajribadagi namunasida qisqacha berib o`tilgan hamda bunday amaliyot milliy auditorlik faoliyatida kuzatilmaydi. - xalqaro auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida nima uchun auditorlar uchun bobning quyi qismida qayd etilgan masala audit uchun eng muhim va audit davomida nimalar bajarilgani to`g`risidagi sharh berilgan. 87 “Deloitte and Touche” auditorlik tashkiloti tomonidan InFinBank uchun o`tkazilgan auditorlik tekshiruvining muhim deb topilgan masalasi ushbu bobda ko`rsatilishicha “Kreditlarning eskirishi va mijozlarga bo`naklar hisobiga rezerv yaratish” bo`lgan. Bizningcha, xalqaro amaliyotdagi auditorlik xulosasida beriladigan bunday auditning muhim masalasi uchun beriladigan qisqacha sharhi auditorlik xulosasi uchun milliy amaliyotda tadbiq etilishi uchun o`rinli. - auditorlik tekshiruvlari davomida moliyaviy hisobotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularning muhimliligini baholashga(shuningdek ichki nazorat kamchiliklarini aniqlash) auditorlik tekshiruvlari va ularning natijalarini umumlashtirishga belgilangan muddatlarning bosimi auditorlik hisoboti va xulosasining sifati hamda ishonchliliga salbiy ta`sir o`tkazadi. Ushbu ta`sir nafaqat kamchiliklarni aniqlash uchun yetarlicha dalillarni to`plash , balki kamchiliklarni aniqlangandan so`ng mijoz korxona tomonidan ularni bartaraf etish bo`yicha korxona tomonidan bajarilgan amallarni tekshirish uchun kerakli vaqt tanqisligini keltirib chiqaradi . - auditorlik hisobotlarining sifati ularning taqdim etilish muddati hamda auditor-mijoz geografik yaqinligiga bevosita bog`liq. Ushbu tadqiqot natijalariga ko`ra investorlar va kapital bozori ishtirokchilari uchun tezkor taqdim etilgan auditorlik hisobotlari yanada asoslangan va investitsion qarorlarni qabul qilish qilish orqali bozordagi o`rnini mustahkam egallash hamda daromadini oshirishga imkon yaratadi. - Katta to`rtlik auditorlarining xizmat sifati shakllantirilgan auditorlik xulosalari qanday mazmunda bo`lishiga qaramay moliyaviy bozorlar bo`yicha qaror qabul qilishda qiymatli va moliyaviy hisobotlarda investorlarga oid ko`rsatkichlarning o`sishiga olib kelmoqda. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling