21
Funksiya ta’rifida formal parametrlar
initsializatsiya qilinishi, ya’ni
boshlang‘ich qiymatlar ko‘rsatilishi mumkin.
Misol uchun:
float min(float a=0.0, float b=0) { if (a
Bu funksiyaga quyidagicha murojaat qilish mumkin:
int y=6,z; z=min(,y) yoki int z=min(,6);
Prototip. Agar programmada funksiya ta’rifi murojaatdan keyin berilsa, yoki
funksiya boshqa faylda joylashgan bo‘lsa, murojjatdan oldin shu funksiyaning
prototipi joylashgan bo‘lishi kerak. Prototip funksiya nomi va formal parametrlar
tiplaridan iborat bo‘ladi. Formal parametrlar nomlarini berish shart emas.
Misol uchun:
float min(float, float);
Protseduralar.
Funksiyaga
parametrlar
qiymat
bo‘yicha
uzatiladi.
Funksiyaga parametrlar qiymatlari uzatilishi haqiqiy parametrlar qiymatlarini
funksiya tanasida o‘zgartirish imkonini bermaydi. Bu muammoni hal qilish uchun
ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Misol:
void change (int &a, int &b)
{
int r;
r = a; a = b; b = r;
}
// funksiya chaqirig‘i
change(a, b);
Funksiyalarni qo‘shimcha yuklash. Funksiyalarni qo‘shimcha yuklashdan
maqsad bir xil nomli funksiyaga har xil tipli o‘zgaruvchilar bilan murojaat qilib
qiymat olishdir. Kompilyator haqiqiy parametrlar ro‘yxati va funksiya chaqirig‘i
asosida qaysi funksiyani chaqirish kerakligini o‘zi aniqlaydi.
Misol uchun har xil o‘zgaruvchilarni ko‘paytirish uchun quyidagi funksiyalar
kiritilgan bo‘lsin: