O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
-chizma Auditni rejalashtirish bosqichlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik
2-chizma Auditni rejalashtirish bosqichlari Auditni rejalashtirish bosqichlari Dastlabki rejalashtirish Auditni dastlabki rejasini tayyorlash va tuzish Audit dasturini tuzish va tayyorlash 44 Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo'jalik rahbari bilan auditni o'tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi zarur. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo'jalikning moliya-xo'jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to'g’risida axborotga ega bo'lishi shart: 1. Xo'jalikning xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan, umuman mamlakat (mintaqa)dagi va iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar to'g’risida. 2. Xo'jalikning xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog’langan i h i omillar haqida. 3. Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak: - korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi; - ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi; - mahsulot ishlab chiqarishning cheklanishi xususiyatlari; - debitor qarzlari bo'yicha hisob siyosatida belgilangan usullarni o'rganish; - pul mablag’lari bo'yi ha hisob ishlarini tash il etilgani; - Moliyaviy hisobot shakllarni to'liqliligi hamda tizimliligi va shu kabilar. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o'tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o'tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o'tkazish uchun shtatni shakllantirishga o'tadi. Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart: 1. Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi ish vaqti byudjeti; 2. Guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlari; 3. Guruhning miqdoriy tarkibi; 4. Guruh a'zolarining mansab darajasi; 5. Guruh xodimlarining vorisligi; 6. Guruh a'zolarining malaka darajasi. 45 Auditning umumiy rejasi - mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan korxonaning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o'tkazish jarayonini (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil kilish barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga takdim etish va hakozalarni o'z ichiga olgan holda audit o'tkazishning barcha boskichlarini aks ettirishi lozim. Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o'tkazish muddatlarini nazarda tutishi va auditni o'tkazish muddatlarini, hisobot (xo'jalik rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzishni nazarda tutishi shart. Vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga olishi kerak: 1. Haqiqiy xarajatlar; 2. Bundan oldingi davrda (takroriy audit o'tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi hisob- kitobi va uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi; 3. Jiddiylik darajasi; 4. Auditorlik xatarlarining amalga oshirilgan baholari. Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida auditni o'tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining ishonchliligini, audit xatarlarini baholaydi. Tanlab audit o'tkazishga qaror qilingan taqdirda auditor auditorlik tanlamasini "Auditorlik tanlamasi" standartiga muvofiq shakllantiradi. Audit dasturi audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan auditorlik ruso'm- qoidalari mazmunining batafsil ro'yxatini o'z ichiga oladi. Dastur auditor assistentlari uchun batafsil yo'riqnoma bo'lib xizmat qiladi va bir vaqtning o'zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik ruso'm-qoidasini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak, toki auditor 46 ish jarayonida o'zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo'lsin. Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko'rinishida va mohiyatiga ko'ra auditorlik ruso'm-qoidalari dasturi ko'rinishida tuzish kerak. Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining faoliyati to'g’risidagi axborotni yig’ish u hun mo'l allangan hara atlar majmuining ro'yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan iboratki, ular xo'jalik yurituvchi sub'ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklarini aniqlashda yordam beradi. Mohiyatiga ko'ra auditorlik amallari o'z ichiga buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo'yi ha aylanmalar va saldolar to'g’ri a s ettirilganligini batafsil tekshirishni oladi. Mohiyatiga ko'ra auditorlik amallari dasturi ana shunday aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro'yxatidan iborat bo'ladi. Mohiyatiga ko'ra amallar uchun auditor buxgalteriya hisobining ayni qanday bo'limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har bir bo'limi bo'yicha audit dasturini tuzishi kerak bo'ladi. Auditni o'tkazish shartlari va auditorlik rusum-qoidalari natijalarining o'zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta o'rib hiqilishi mum in. O'zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak. Auditorlik dasturining har bir bo'limi bo'yicha auditorning ish hujjatlarida rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo'jalik yurituvchi sub'ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun fakt materiali, shuningdek korxonaning moliyaviy hisoboti to'g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Audit dasturida bajariladigan ishlar ketma-ketligi belgilab olinadi: 1. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot buyi ha dastlab i va yig’ma hu atlarni tekshirish; 2. Xo'jalikda nazorat vositalarining mavjud kamchiliklarini aniqlash maqsadida test so'rovnomasi o'tkazish; 3. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot buyi ha tanlanma audit o't azish; 47 4. Audit natijalariga baho berish va rasmiylashtirish; 5. Auditorlik tekshiruvining yakunlari buyicha auditorlik hisoboti va xulosalarni tayyorlash. Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so'ng audit umumiy rejasi va dasturi hujjatning rasmiylashtirilishi hamda ularga belgilangan tartibda viza qo'yilishi kerak. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling