O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi


-chizma. Xo'jalik sub'ektlarida pul mablag’larining kirimlari va


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana13.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1770152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik

1-chizma. Xo'jalik sub'ektlarida pul mablag’larining kirimlari va 
chqimlarini faoliyat turlari bo'yicha tasnifi 
Bilvosita usulning afzalligi asosiy faoliyatning sof pul oqimi bilan sof 
foydaning o'zaro farqini (muvofiqlashganini) ko'rsatib berishi bilan 
tavsiflanadi. Ya'ni, sof foydani asosiy faoliyatning sof pul oqimlariga 
aylantirish asosida o'rganadi. 
 
Asosiy faoliyat 
Moliyaviy 
faoliyat 
 
Investitsion 
faoliyat 
 
Asosiy faoliyat
 
Асосий фаолият 
 
Investitsion faoliyat 
Инвестиция фаолияти 
 
Moliyaviy 
faoliyat 
Молиявий фаолият 
Pul 
маблағлари 
Kirim 
Kirim 
Sarf 
Sarf 


23 
Maz ur usulda buxgalteriya balansi, moliyaviy nati alar to'g’risidagi 
hisobot, pul oqimlari to'g’risidagi hisobot o'zaro bog’lanadi va muvofiqlashadi. 
Bu erda markaziy jihat hisob tizimidagi hisobga olish usuli asosida aniqlangan 
sof foydani kassa usuli asosida ham qayta hisoblashdir. 
Aynan mana shu holat sof foydani qanchalik asosiy faoliyatdagi pul 
mablag’lari hara ati bilan bog’liqligini aniqlab beradi. Albatta, aytib o'tilgan 
ikki usulning qaysi biri muhimligi xo'jalik sub'ekti rahbarlari tomonidan 
o'rganiladi va bu borada tegishli qaror qabul qilinadi. Shuningdek, auditorlar 
ham mazkur masalada zarur bo'lgan maslahatlarni berishlari mumkin. 
Ta'kidlash kerakki, pul oqimlari to'grisidagi hisobotni audit qilish ham 
hisob tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, u samarali boshqaruvning 
ajralmas qismidir. Bu jarayonda quyidagi tartiblar mavjudligi muhim umumiy 
uslubiy jihatlar hisoblanadi. 
1. Puxta o'ylanagan va detallashtirilgan audit rejasini tuzish.
2. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobotni turli ihatlarda (son, sifat va qiymatda) 
o'rganish mumkinligini aniqlash.
3. Nazoratning tashkil etilganligini aniqlash – umumiy tizimli rejaning, nizom, 
yo'riqnomalarning bor yo'qligi, vakolat berish masalalari - ularning mavjudligi, 
rioya etilish samaradorligi va boshqalar (muammolarning umumiy tanlovi, 
muammoli masalalarni hal qilish dasturining strategiyasi va taktikasini 
muhokama qilish). 
4. Burchlarni taqsimlanganligini bilish - ayrim xodimlar, ularning guruhlari 
manfaatlari bir biriga o'xshamasligiga asoslangan (bir shaxsning o'zi 
operatsiyani boshidan oxirigacha nazorat qilganda, yo'l qo'yib bo'lmaydigan 
vaziyatlar yo'qmi, chunki turli vazifalar - rahbarlik, ijro etish tovarlarni hisobga 
olish va saqlash vazifalari taqsimlangan bo'lishi kerak). 
5. Kadrlarni nazorat qilish masalasi - xodimlarni boshqarish, jumladan 
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va almashtirishga doir talablarni aniqlash 
vakolatlarni taqsimlash, xodimlarning malakasi tajribasi va boshqa zarur 
fazilatlariga qarab xizmat sohasida ish berish. 


24 
6. Pul mablag’laridan foydalanish huquqini aniqlash - ma'muriyatni 
tekshirilayotgan moliyaviy aktivlardan foydalanishini cheklash (bevosta va 
bilvosita, hujjatlar orqali) qaqiqiyligini tekshirish, javobgarlik masalalari. 
7. Arifmetik va hisob nazoratini ta'minlash - barcha xo'jalik muomalalari o'ziga 
mos hisob tadbirlaridan o'tgan, ular qonuniy, haqiqatda bo'lib o'tgan, 
hujjatlarda va hisob registrlarida to'la va aniq aks ettirilgan bo'lishini o'rganish. 
8. Xulosalar tayyorlash yoki maslahatlar ishlab chiqish. 
Audit vositasida pul mablag’larini o'rganish bu boradagi o'plab ishlarni 
ko'rib chiqishni ta'minlaydi. Kamchiliklar bartaraf etiladi, foydalanilmagan 
imkoniyatlar ishga solinadi, yangi ijodiy yondashuvlar joriy etiladi va shu 
kabilar. 
Xo'jalik yurituv hi sub'e tlarda faoliyatdagi pul mablag’lari hisobi, 
hisoboti hamda auditining nazariy hamda uslubiy asoslarini O'zbekist 
on Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma'ruzalari, iqtisodchi 
olimlarning bu boradagi ilmiy asarlari, dissertatsiyalari, maqolalari, tezislari 
kabilar tashkil etadi. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi to'g’risida»gi qonuni, 
«Auditorlik faoliyati to'g’risida»gi qonuni (yangi tahriri), O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori 
(keyingi o'zgarishlar bilan birga) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to'g’risida»gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi 
tomonidan 
tasdiqlangan 
«Buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari», 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
Vazirligi 
tomonidan 
tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari», O'zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i: 
«Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni tasdiqlash 
to'g’risida», O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005 yil 6 maydagi 
45-sonli buyrug’i: «O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 
dekabrdagi 140-sonli «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha 
qoidalarni tasdiqlash to'g’risida»gi buyrug’ining 7-ilovasiga o'zgartirish va 


25 
qo'shimchalar kiritish to'g’risida, tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy 
ko'rsatmalari bu boradagi me'yoriy-uslubiy asoslar bo'lib hisoblanadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling