O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana13.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1770152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik

 
 
 



Kirish 
Mamlakatimiz itisodiyoti va uning sub'ektlarini xalkaro xo'jalik tizimiga 
tobora integratsiyalashuvi, bu borada davlatimizning bosh islohotchi bo'lib 
okilona siyosat olib borayotgani pirovard natijada respublikamizni ijtimoiy-
itisodiy jihatdan uzluksiz rivojlanishiga sabab bo'lmokda. So'nggi yillarda, 
jahon 
iqtisodiyotida 
davom 
etayotgan 
qiyinchiliklarga 
haramasdan 
mamlakatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish barqaror davom ettirilmoqda. Bu esa respublikamizda olib 
borilayotgan islohatlarning naqadar to'g’ri va ilmiy asoslanganligidan dalolat 
beradi. Yurtimiz iqtisodiy hayotidagi barqarorlik va rivojlanishni quyidagi 
misol asosida ham ifodalash mumkin. Jumladan, 2014 yilda yalpi ichki 
mahsulotning o'sish sur'atlari 8,1 foizni tashkil etdi.
1
Mamlakatimizda rivojlanishni ta'minlovchi yana bir omil xo'jalik 
subektlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda erkinliklar ham muhim ahamiyat 
kasb etmokda. Misol uchun, 2014 yilda 500 dan ziyod kichik korxona, birinchi 
navbatda kichik biznes subektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Mazkur yilda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksortini qo'llab-
quvvatlash amg’armasi tomonidan 2 ming 400 ta tadbirkorlik subektiga tashqi 
bozorlarga chiqish bo'yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar 
ko'rsatildi.
2
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha turdagi korxonalarda 
modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda. Texnik-texnologik yangilanishlar 
amalga oshirilmoqda. Mahalliylashtirish tadbirlari joriy etilmoqda. Kadrlar 
malakalari davr talablari asosida oshirilmoqda. 
Ta'kidlash kerakki, navbatdagi vazifalar davom etayotgan hamda qo'lga 
kiritilayotgan ijobiy natijalarni yanada mustahkamlab yangi bosqichlarni zabt 
etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Shuning uchun 2015 
1
Islom Karimov “2015 yilda iktisodiyotimizda tub tarkibiyi o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiyi tadbirkorlikka keng yo'l 
ochib berish - ustuvor vazifamizdir” O'zbekiston ovozi” 2015-yil 21 -yanvar. 
2
Shu manbada



yilda ham Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim 
maqsadlari va asosiy ustuvor vazifalaridan biri jahon bozorida teng 
raqobatlasha oladigan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq 
yo'naltirilgan holda qo'llab quvvatlash, deb belgilab olindi.
3
Ushbu ustuvor vazifalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarii, sohalari, 
xo' ali sub'e tlari va boshqa abg’alariga tegishlidir. Belgilangan vazifalar 
bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'la ma'noda iqtisodiyot 
sub'ektlarida o'z-o'zini moliyalashtirish, pul mablag’lari bilan ta'minlash, pul 
mablag’laridan samarali foydalanish masalalari, shu bilan birgali da 
xo' ali dagi pul mablag’lari hisobi va ularni audit qilish ishlariga ham 
tegishlidir. 
Shuning uchun ham Respublikamizda qabul qilingan ustuvor yo'nalishlar 
hamda bir qator davlat dasturlari asosida va ularda belgilangan vazifalardan 
elib hiqib xo' ali sube tlarining amaldagi pul mablag’lari hisobi, bu 
boradagi kamchiliklar hamda o'z echimini kutayotgan masalalarni topish ularni 
bartaraf etish, tegishli hisob va audit uslubiyatini yangi innovatsion g’oyalar
asosida takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri, deb 
qaraymiz.
Biroq, ta'kidlash kerakki, iqtisodiyotida qo'shimcha pul bosib chiqarish
moliya bozorini shunday pullar bilan to'ldirish, kelgusida jilovlab bo'lmaydigan 
inflyatsiyaga, milliy valyutaning qadrsizlanishiga va shular bilan bog’liq salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, milliy iqtisodiyotning asosi bo'lgan 
xo' ali sub'e tlarida ham bu borada doimo оqilona yondashuv va vositalarni 
qaror toptirish zarur ekan. Bunda, xo'jalik sub'ektlari hisob tizimida pul 
oqimlarilari to'g’risida hisobot hamda ularning auditini davr talabi asosida 
tashkil qilish hamda yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo'jalik 
sub'e tlarida pul mablag’larni maqsadga muvofiq tar ib toptirish va ularni 
3
Islom Karimov “2015 yilda iktisodiyotimizda tub tarkibiyi o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiyi tadbirkorlikka keng yo'l 
ochib berish - ustuvor vazifamizdir” O'zbekiston ovozi” 2015-yil 21 -yanvar. 



to'gri sarflash muomalalari oldiga ham ko'plab vazifalarni belgilab beradi. 
Vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda esa pul oqimlari to'g’risida hisobot va 
ularning auditini ilmiy asosda tashkil qilish markaziy jihat egallaydi. Bu borada 
hisob ishlarini to'g’ri tash il etish, o't azish va uni nati alari muhim ahamiyatga 
ega. Chunki, faqat hisob ishlari nati alari asosida faoliyatdagi pul mablag’larini 
tashkil etish, nazorat qilish hamda ulardan samarali foydalanish kabi 
tomonlariga to'g’ri baho berish mum in.
Lekin, respublikamizdagi xo'jalik sub'ektlari hisob tizimida pul 
mablag’lari hisobi va hisoboti hamda ularning audit qilish masalasi har 
tomonlama, to'liq o'rganilgan mavzu emas. Ushbu masalaga oid hisob 
tizimidagi holatlarni tartibga solishning amaldagi usullari bir qator 
kamchiliklarga ega. Bu esa, xo'jalik sub'ektlari faoliyatda pul mablag’larini 
shakllantirish, nazorat qilish va ulardan yanada samarali foydalanishga ta'sir 
etmoqda. Yuqoridagi muammolarning mavjudligi bitiruv malakaviy ishning 
mavzusining dolzarbligi va amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi. 
Xo'jalik sub'e tlari faoliyatidagi pul mablag’lari hisobi va hisobotini 
tuzish hamda auditini tashkil qilish hamda yuritishdagi kamchiliklarni topish 
va ularni bartaraf qilish, mavzuni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab 
chiqish malakaviy ishning maqsadi deb belgilandi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling